tutaq
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Tutab, oʻt olib qizimoq.
-
— Shoshmang, bu dardi harina oz-moz tutaqsin! Puf, puf. Oʻhoʻ, ah. Tutun jigarimni ham titib yubordi! — Bas., u oʻtin yonmaydi, saraton yuzini koʻrganda ham yonmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Achchigʻidan, gʻazabdan oʻta qizishmoq, oʻta dargʻazab boʻlmoq.
-
Domla shu qadar dargʻazab boʻldiki, azbaroyi tutaqqanidan koʻzlari kosasidan chiqib ketayozdi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
-
Vaqqos ota tutaqib ketganidan qaltirar, tili gapga kelmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. koʻchma Harorati koʻtarilib, alangayi otash boʻlib yonmoq.
-
Isitmadan tutaqib ketyapman.
-
Buni eshitib, azbaroyi xudo, tutaqib, isitmam chiqib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Yuqori harorat taʼsirida juda kuygan holatda boʻlmoq.
-
— Nega qichqirasiz, Adolat? Biror yerga oʻt ketibdimi? — Gʻoʻzaga oʻt ketibdi; qarang, tutaqib yotibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
TUTAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TUTAQ so‘ziga berilgan ma’nolar
tutaq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
tutaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar