tutash
bilan ulashing
1. 1 Alangalanmoq, alanga olmoq.
2. koʻchma Yonmoq, kuymoq.
-
Siz oʻzingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi boʻlgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim Borligʻim muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda, zavjangiz Otabek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hech kim meningdek kuymagan hajring oʻtiga, ey sanam, Tanho tutashdim men oʻzim, soʻzona boʻldim sogʻinib. Hamza
3. folk. Tutaqmoq, qizishmoq.
-
Juda ham tutashib ketdi Hakimxon. Alpomish
-
Arzirumdan ekan asli elati, Tutashgan bola-dir — koʻpdir gʻayrati. Nigor va Zamon
1. Tutash holatda boʻlmoq.
-
Bir-biriga tutashib ketgan kichkina, tiniq koʻlchalar koʻrindi. S. Siyoyev, Avaz
-
Bundan [daryodan] chiqadigan suv bilan maktab uchastkasinigina emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sugʻorish mumkin. H. Nazir, Choʻl havosi
-
Shamol togʻaning uyi bir tomondan qirga tutash edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Adolatning yuzi birdan jiddiylashdi. Qora qoshlari tutashib, koʻzlarida gʻazab chaqnadi. S. Zunnunova, Gulxan
2. koʻchma Bir-biriga bogʻlangan, payvand.
-
Tojiboy oʻzi kambagʻallardan boʻlsa ham, to-miri Olaxoʻja maxsum bilan tutashgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xayoliga xayoli tutash, qalbiga qalbi yaqin odamlarni koʻrgan sayin Muborak undan battar uzoqlashar, battar orqaga qarab ketar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
TUTASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tutash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar