zaʼfaron
bilan ulashing
1. ot Ingichka uzun bargli, toʻq sariq gulli, piyozsimon ildizli oʻsimlik va uning gulidan tayyorlanadigan, ov-qatni xushtaʼm va rangdor qiladigan ziravor.
2. sifatdosh Sap-sariq, somonrang.
-
Unuta-man bir kun barchasin, Ular bari qoladi sizga: Zaʼfaron bogʻ, osmon parchasi, Shamol, daryo, maysa, sivizgʻa. X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Yigitning olijanob himmatidan mamnun boʻlib, zaʼfaron yuzlarimga andak tabassum chiqdi. Gʻayratiy, Dovdirash
-
Bir yonda lojuvard Bahri muhit bor, Bir yonda zaʼfaron Sahroyi kabir. A. Oripov, Yurtim shamoli
ZAʼFARON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАЪФАРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zaʼfaron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar