zabun
bilan ulashing
1. Kuchsiz, nimjon, zaif.
-
Hatto erta-kech tanchaning bir tomonini band etishdan oʻzga ishga yaramagan zabun kampirlar ham bu xontaxlit toʻyni tomosha qilishdan oʻzlarini tiya olmadilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Nochor, ilojsiz.
-
Mardlikni sevgan, magʻrur yigit oʻzini ojiz, zabun, ixtiyorsiz sezdi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Mushkul, ogʻir, tang.
-
Zolimlar qoʻlida zabundir holim, Bemahal yetishdi, qaytayin, oʻlim. Bahrom va Gulandom
4. Xor, ezilgan.
-
Oʻtmishda zabun va mazlum ahvolda boʻlgan oʻzbek xotin-qizlari jamiyatimizda hamma bilan teng qator-da munosib oʻrin egallaganligi quvonchli bir holdir. Gazetadan
-
Avaz koʻpdan beri bu vahshiy udumni oʻylab iztirob chekar, bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir sheʼr yozishni moʻljallab qoʻygan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
zabun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zabun boʻlmoq
-
Xorazmiylarning son jihatdan kam boʻlmasa-da, raqibidan xiyla zaif, tajribasiz qoʻshini, saflari siyraklasha borib, nihoyat zabun boʻldi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Turgan gap: u kishi amirlikning zabun boʻlib ketishiga qarshi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik;
-
Men uni koʻrmasam, yoʻqdir qarorim, Tura bersam, zabun boʻlar ahvolim. Bahrom va Gulandom
-
Suyangan kishilarimiz birin-ketin qoʻlga tushayotir, endi holimiz zabun boʻladi. J. Sharipov, Xorazm
ZABUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАБУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zabun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ZABUN so‘ziga berilgan ma’nolar
zabun so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar