zabardast
bilan ulashing
1. Jismoniy jihatdan baquvvat, kuchli; qudratli.
-
Zabardast yigit.
-
Ikki zabardast pahlavon oʻrtada bel tutishib ketdilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Bizning dovyurak, ja-sur, zabardast askarlar ikki kungacha dushmanni oldinga siljitishmadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Zabardast qoʻllar tobutni azot koʻtarib, keng yelkalarga oldilar. Yoshlik
2. koʻchma Yetuk, oʻtkir, taniqli.
-
Xullas, Pavel Ivanovich Petrovskiy maktab yaratgan zabardast olim boʻlib, uning bilan hisoblashmaydiganlar kamdan-kam topilardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Sattorxon toʻra ham dindor, ham zabardast ulamo, qilni qirq yoradigan mullo edilar. K. Yashin, Hamza
-
Uch buyuk zabardast shoir sukutda edi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
3. Ogʻir, katta, zalvorli.
-
Bundan yigir-ma uch yil avval Matqovul oʻzining zabardast ketmoni bilan Saltonbuning toʻrt tanob yerini toʻrt kun deganda agʻdarib chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yer ishi ogʻir, oʻzingiz yaxshi bilasiz, ogʻizning yeli bilan bitmaydi. Zabardast ketmonni piyoz poʻstiday qilib qoʻyadi paxta ishi. S. Nurov, Narvon
ZABARDAST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАБАРДАСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zabardast so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar