nuqson
bilan ulashing
1. Kishi nomiga nomunosib, uni salbiy jihatdan koʻrsatadigan belgi; kamchilik, illat, qusur, ayb.
-
Uning bir nuqsoni — yolgʻonchiligi.
-
Qizini yer-koʻkka ishonmagan, uning butun nuqsonlarini bir fazilat deb bilgan onasi bu qizni katta shavkat va dabdaba bilan uzatishni orzu qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Jismoniy yoki ruhiy kamchilik, illat.
-
Uning bir nuqsoni bor: sal oqsab yuradi.
3. Sifat jihatidan yetishmovchilik, kamchilik, kam-koʻst.
-
Yogʻochning nuqsonlari. Ishdagi nuqsonlar.
NUQSON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУҚСОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nuqson so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar