nuqta
bilan ulashing
1. Makon yoki fazodagi maʼlum bir oʻrin; punkt.
-
Bir nuqtaga tikilib qolmoq.
-
Har vaqtdagidan koʻrkamroq, tiniqroq koʻringan toʻlin oy samoning bir nuqtasida qotgan kabi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Darak gap va tinch ohang bilan aytiladigan undov gap oxirida, shuningdek, shartli qisqartmalarda qoʻllanadigan tinish belgisi .
3. “.“ Nota yozuvi, geografik xarita, plan kabilarda biror narsaning shartli ifodasi boʻlgan belgi
-
Shaharning planini keltirib berdi va dorilfununga boradigan tramvay yoʻlini qizil siyoh bilan chizib, tushiladigan yerlarga qizil nuqtalar qoʻydi. A. Qahhor, Sarob
4. Maʼlum bir tarmoqli tizimda biror tarmoq, narsa oʻrnashgan joy, punkt.
-
Pulemyot nuqtasi. Savdo tarmoqlarining nuqtalari.
-
Artilleriya xuddi roʻparadan otganday dushman okoplarini, oʻt ochish nuqtalarini birin-ketin tor-mor qilmoqda edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
5. Matematikada, mexanikada, fizikada oʻlchovi yoʻq punkt, oʻrin, kesmalar chegarasi.
-
A nuqta bilan B nuqta orasi. Toʻgʻri chiziqlarning kesishgan nuqtasi.
6. fizika Moddaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish payti, chegarasi (harorat bilan bogʻliq).
-
Qaynash nuqtasi, Muzlash nuqtasi. Erish nuqtasi.
7. Voqea, hodisa, ijtimoiy taraqqiyot va shu kabilar jarayonlarda maʼlum bir payt, chegara.
nuqta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapga nuqta qoʻymoq
Ikki (yoki qoʻsh) nuqta
Koʻp nuqta
Tayanch nuqtasi
Urinish nuqtasi
Nuqtayi nazar
NUQTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУҚТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nuqta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar