nur
bilan ulashing
1. Yorugʻlik manbaidan taralgan va ingichka tola koʻrinishida tasavvur etiladigan ziyo, yogʻdu.
-
Quyosh nuri. Oy xira nur sochmoqda.
2. fizika Musbat yoki manfiy zarralar, elektromagnit tebranishlar oqimi.
-
Rentgen nurlari. Katod nurlari.
3. Umuman, yorugʻlik, ziyo; yorugʻlik energiyasi.
-
Elektr nuri.
-
Baliq tirik suv bilan, Giyoh yashar nur bilan, Dengiz ravshan dur bilan, Inson erkin u bilan. Q. Muhammadiy
4. koʻchma Haqiqat, baxt-saodat, erkinlik, maʼrifat ramzi.
-
Bilim nuri.
-
Koʻcha jangi boshlangandi. Zulmat bilan nur toʻqnashgan, hayot-mamot urushi bormoqda. Sh. Toshmatov, Erk qushi
5. Nur (erkaklar ismi).
nur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nur kasalligi (yoki kasali)
-
Chernobil avariyasini bartaraf etishda ishtirok etgan koʻpchilik vatandoshlarimiz nur kasalligiga chalinmasliklari uchun profilaktika ishlari amalga oshirildi. Gazetadan
-
Natijada yaponlarning bir qismi nur kasaliga mubtalo boʻlib qolgan. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda
Koʻz nuri
-
U [ona] Gul-nor kabi sevikli qizini, koʻz nurini olovga otib, yana uning baxt va saodati toʻgʻrisida nasihat qilishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
Koʻz nurini toʻkib
-
Koʻz nurini toʻkib ishlamoq.
Nuralo (yoki ustiga) nur
-
Ixtiyor oʻzingizda, qutlayman desangiz aytib koʻring, xoʻp desa — nur alo nur. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Nuri diyda
NUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar