uya
bilan ulashing
1. Yovvoyi hayvonlar, qushlar va hasharotlarning yashash va koʻpayish uchun moslab yasagan joyi, uyi; in.
-
Qaldirgʻoch uyasi. Arining uyasi. Yumronqoziqning uyasi. Boʻri uyasi. Qush uyasida koʻrganini qilar. Maqol
-
Yoʻlbars bolasini tutmoq uchun yoʻlbars uyasiga kirmoq kerak. Maqol
-
Qush doʻstlari, qushlarni kuting, daraxtlarga uya oʻrnatib. Z. Diyor
-
Qayerdadir oʻrgimchak uyasiga ilingan pashsha gʻingʻillar edi. A. Qahhor, Sarob
2. q.x. Urugʻni tashlash, ekish uchun ochilgan chuqurcha, joy.
-
Har uyaga maʼlum miqdor-da chigit ekishga koʻchish eng muhim masalalardandir. Gazetadan
-
Endi chigitni joʻyakka emas, uyaga jar ekanmiz, Hatambek. N. Safarov, Hayot maktabi
3. Yomon niyatli kishilar oʻrnashgan yoki uchrashadigan, toʻplanadigan joy, makon.
-
Josuslar uyasi. Tekinxoʻrlar uyasi. Oʻgʻrilar uyasi.
-
Qoʻzgʻolonchilar avvalgi gʻayrat bilan olgʻa talpindilar. Dushman uyasiga aylangan Karmana shahriga yoʻl ochiq edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
— Oʻsha paytda bizning kolxozga haromxoʻrlar uya qoʻygan ekan, men keyin bildim, — dedi Abror. P. Qodirov, Qalbdagi quyosh
4. koʻchma Fitna, vahima, qaygʻu va shu kabilar koʻplab mavjud boʻlgan yoki paydo boʻladigan joy, makon.
-
Adovat uyasi. Fisq-fujur uyasi.
-
Siz avval shahardagi gʻuluni bartaraf qiling, fitnaning uyasini toping. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
UYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar