uyat
bilan ulashing
1. Oʻz qilmishi, nooʻrin xatti-harakatidan xijolatlik hissi; nomus.
-
Betamizda bet boʻlmas, Bezorida uyat boʻlmas. Maqol
-
Koʻnglida uygʻongan qoʻrquvmi, uyatmi — allaqanday tushunib boʻlmas bir tuygʻudan rangi oʻchib ketganini oʻzi ham sezib, Anvarga zimdan qarab qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
[Yoʻlchi:] Andak insof, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan koʻksiga bigizni sanchavermang! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uyatni yigʻishtirib qoʻyib, Zamiralarnikiga telefon qildi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
2. Axloq-odob, taomil talabiga toʻgʻri kelmaydigan, unga zid ish, xatti-harakat va shu kabilar
-
Sanam xola ishq-muhabbatni qattiq uyat hisoblar edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Yo oʻgʻling sartarosh boʻlsa, uyalasanmi? Dunyoda gʻarlik uyat, oʻgʻirlik uyat! E. Raimov, Ajab qishloq
3. Uyat boʻladigan, uyatli.
-
Oʻtgan xotinga gap tashlaydi, uyat gaplarni gapiradi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Hisobchi uyat soʻz aytib, oyogʻini koʻtardi-yu, tepmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Uyatli ish, xatti-harakat, holat kabilarni alohida taʼkidlash, qayd etish uchun qoʻllanadi.
-
Duduqlanma, buyruq bajarildimi, yoʻqmi? Uyat! I. Rahim, Chin muhabbat
-
Soqolingizda bitta ham qora tuk yoʻq-ku, yolgʻon gapirasiz, uyat! Oybek, Tanlangan asarlar
UYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
UYAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingUYAT so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan UYAT so‘ziga berilgan ma’nolar
uyat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
uyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar