uyatli
bilan ulashing
1. Kishi uyaladigan, kishini uyaltiradigan; xijolatli.
-
Xolmurod bu haqda endigina shubha qilar, goʻyo bir uyatli ish qilib qoʻyganday, oʻz-oʻzidan nomuslanar edi. M. Abdulla, Kutilmagan mehmon
-
Bolalar ketib qolishibdi juda uyatli ish boʻldi-ku-a! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Uyat boʻladigan, uyat mazmunli.
-
Dori Zohid [oʻzining] qozikalon oʻgʻli bilan boshidan oʻtkazgan hodisalarni uyatli taʼbirlar bilan yozib qoʻygan ekan. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Oʻtkinchilarga uyatli gaplar ayta boshladi, hatto bir xotinga hujum qildi. A. Qahhor, Sarob
uyatli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uyatli boʻlmoq
-
Biz sizdan juda ham uyatli boʻldik, pochcha. A. Qodiriy, Obid ketmon.
Uyatli qilmoq
-
Qoʻying, bobo, oʻzimiz yechib minarmiz, bizni uyatli qilmang. Erali va Sherali
UYATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЯТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
UYATLI so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingUYATLI so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan UYATLI so‘ziga berilgan ma’nolar
uyatli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
uyatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar