idora
bilan ulashing
1. Belgili tartibda boshqarib, yoʻlga solib borish; boshqarish
-
Idora usuli.
-
Otabek aytdi: — Endi bizning Toshkent xalqi qipchoqlarning jabr-u zulmi va tadbir idorasi ostida yotib, juda toʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Maʼlum bir ijtimoiy, davlat, xoʻjalik, savdo va shu kabilar tarmoqlarni boshqarish uchun shtatli xodimlari va maʼmuriyati boʻlgan tashkilot, muassasa, boshqarma va ular oʻrnashgan bino.
-
Boshqaruv idoralari. Musulmonlar idorasi. Idorada ishlamoq.
-
Stansiyaning idorasi, pochta va telegraf ikkita koʻk vagonga joylashgan A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Sherbekning yodiga raisning bultur idorada oʻtirib aytgan boshqa soʻzlari tushdi. S. Anorboyev, Oqsoy
idora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Idora etmoq (yoki qilmoq)
-
Davlatni idora qilmoq. U katta bir tashkilotni idora qilib turibdi;
-
Har bir majlisning jonlantiruvchi, idora qiluvchi bir-ikki qahramoni bor boʻlganidek, bu qizlar majlisi ham shunday qahramonlardan xoli emas edi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻzini idora qilmoq. Oʻz irodasini idora qilmoq.
-
Albatta, ularning tilini darrov bilib olib, idora qilish uchun oʻqigan, savodli odamlar kerak P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Irodamni idora qilarlik jurʼat topolmay qoldim. N. Safarov, Olovli izlar
IDORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИДОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
idora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar