iflos
bilan ulashing
1. Nopok narsalar bilan bulgʻangan; bulgʻanch.
-
Iflos hovli. Iflos ariq.
-
Otxona ichidan iflos kurak va supurgi koʻtarib Joʻra chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Kir bosgan; kir, isqirt.
-
[Hammollarning] Belida, yelkasida uzuq-yuluq arqon, kiyimlari juldur, iflos. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Har qanday yomon, qalb ishga yuradigan; nopok.
-
Iflos odam.
-
Yoʻqol, dedim, yoʻqol, tulki! Kolxozimizda sendek ifloslarga non yoʻq! Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi; yaramas, razil, palid.
-
[Choʻpon soziga:] Tufu, iflos! Hali senmi shuncha xotin bilan tagʻin birovlarning haramiga koʻz soladigan?! Hamza, Maysaraning ishi
5. Odobdan tashqari; yaramas, yomon.
-
U uyning u yogʻidan bu yogʻiga betoqat yurib, iflos gaplarni ogʻziga toʻldirib soʻkindi. H. Gʻulom, Mashʼal
IFLOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИФЛОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iflos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar