ifoda
bilan ulashing
1. Bildiruvchi, aks ettiruvchi nutq birligi: soʻz, ibora, gap va boshqalar
-
Oʻqituvchi qisqa ifodada koʻp fikr ayta bilish mahoratiga ega boʻlmogʻi lozim. R. Usmonov, Odobnoma
-
Bu soʻz borligʻimning, butun qalbimning Ifodasi boʻlib quyilar tilga. Zulfiya
-
Ifoda siqiqligi sheʼrda muhim masalalardandir. Yoshlik
2. Aks ettiruvchi yoki mujassamlantiruvchi belgi, holat, ramz.
-
Qardosh mamlakatlar adabiyoti va sanʼati dekadalari — xalqlar doʻstligining ifodasidir.
-
— Oʻzingiz bilasiz, — dedi Sidiqjon unga maʼyus nazar tashlab; uning bu qarashida cheksiz minnatdorchilik ifodasi bor edi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Chehrasiga qalqib chiqqan alamli ifodani yashirishga urinib, burilib qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
3. Biror matematik bogʻlanishni bildiruvchi formula.
-
Algebraik ifoda. Pifagor teoremasining matematik ifodasi. Ifodani yechmoq.
ifoda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ifoda etmoq (yoki qilmoq)
-
Goʻyo u birgina soʻz va boqish bilan bu uyda va bu odamlar orasida kechirmoqqa majbur boʻlishi hayotining butun ogʻirligini ifoda qilmoqchi boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sidiqjonning yuzida iljayishga oʻxshagan, lekin hech qanday maʼnoni ifoda etmagan bir narsa paydo boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
IFODA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИФОДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
IFODA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan IFODA so‘ziga berilgan ma’nolar
ifoda so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ifoda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar