kanal
bilan ulashing
1. Daryo, koʻl yoki dengizlar oʻrtasida kema qatnovini oʻrnatish, shuningdek, ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash va ortiqcha suvlarni yigʻib, oqizib yuborish uchun maxsus qazilgan suv yoʻli.
-
Katta Fargʻona kapali
-
Mayli, mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham koʻpayadi. Oʻshanda hammaning yegani oldida, yemagani ketida boʻlib qoladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Fargʻona dehqonlari kanal qazib, Norindan choʻlga suv olib chiqish uchun astoydil bel bogʻladilar. N. Safarov, Olovli izlar
2. Biror narsa ichidagi tor, choʻziq boʻshliq joy; quvur.
-
Zambarak stvoli kanali.
3. maxs. Aloqa, kommunikatsiya yoʻli; har qanday axborotni elektr signallar yordamida yetkazib berishni taʼminlovchi texnik qurilmalar majmui.
-
Elektr aloqa kanali. Televizion kanal.
4. koʻchma Biror narsaga erishish, yetishish yoʻli, vositasi.
-
Diplomatik kanal orqali ish olib bormoq.
KANAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАНАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kanal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar