kamchilik
bilan ulashing
1. Meʼyoriylikni, meʼyorni buzuvchi belgi, narsa; nuqson.
-
Jismoniy kamchilik. Ishdagi kamchiliklar.
-
Yormat Yoʻlchining ishidan kamchilik topib, oʻz mahoratini unga koʻrsatish umidida, bir muddat kuzatib turdi. Lekin uning tajribali koʻzi Yoʻlchining ishida hech qanday kamchilik koʻrolmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchiliklarni koʻrmas ekanmi, deb qoʻydim. H. Nazir, Yonar daryo
-
Katta ish bajarayotgan odam mayda-chuyda kamchiliklarga yoʻl qoʻyishi tabiiy. F. Musajonov, Himmat
-
Biron ishdan ortiqcha quvonib gʻururlanish ham, haddan ziyod xafa boʻlib ketish ham kamchilikdir. Muloqot
2. so‘zlashuv tili Yetishmovchilik, kamlik, kam-koʻst.
-
U kamchilik koʻrmasdan oʻsdi. Oilasining yeyar-ichardan, kiyim-kechakdan kamchiligi yoʻq edi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Biron nimadan kamchiliging boʻlsa, aytgin. Mirmuhsin, Umid
3. Kam odam, kam odam ishtirokida; ozchilik.
-
Kamchilik ovoz bilan qabul qilindi. Kamchilik koʻpchilikka boʻysunadi.
KAMCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar