qo‘ndoq
bilan ulashing
1. Miltiq, avtomat, qoʻl pulemyoti va shu kabilar qurollarning barcha qismlarini tutib turadigan va otganda yelkaga tirab turiladigan qismi.
-
Miltiqning qoʻndogʻi.
-
Qoraboyev avtomat qoʻndogʻi bilan ofitserning boshiga shunday urdiki, avtomat qoʻndogʻi ham sinib uchib ketdi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
2. Qushlar tunashi uchun oʻrnatilgan dor, qoʻnoq; umuman, qushlar qoʻnib dam oladigan, tunaydigan joy; qoʻnalgʻa.
-
Bola, tong otmay, tovuqlar qoʻndoqlaridan tushmay, yana ishga tushar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Har ikki qush ham ovqatga qoʻndoqdan turib sipohgarchilik bilan bir koʻzlab qaradi-da, yuzini chirtta oʻgirib oldi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
3. Koʻmish uchun dastalab bogʻlangan tok.
-
Toklarni qoʻndoq qilmoq.
4. etn. Chaqaloqning beshikka belanishgacha boʻlgan, charvisimon moydan hali toza boʻlmagan davri va shu davrda chaqaloq oʻraladigan maxsus yoʻrgak.
qo‘ndoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻndoqda teggan kasal (yoki dard, feʼl)
-
[Tohir:] Bu sizga qoʻndoqda teggan dard! M. Boboyev, Goʻzallik istab
QO‘NDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎНДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ndoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar