qo‘n
bilan ulashing
1. Uchishdan toʻxtab, yerga yoki biror narsaga oʻtirmoq, tushmoq.
-
Qush daraxtga qoʻndi. Vertolyot dalaga qoʻndi. Kosmik kema Oyga qoʻndi. Parashyutchi belgilangan joyga aniq qoʻndi. Qush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. Maqol
-
Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qoʻndi chiroyli gulga. I. Muslim.
-
Havo jangida qattiq shikast yegan nemis samolyoti, nima boʻldi-yu, shu gʻaramdan yigirma-oʻttiz metr nariga kelib qoʻndi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. koʻchma Biror narsaning ustiga kelib tushmoq, oʻrnashmoq; inmoq (yuqoridan tushadigan yoki havoda harakat qiladigan narsalar haqida).
-
[Samolyot] Oʻtishi bilanoq, qanoti ostidan shovullab quygan yomgʻir gʻoʻzalar bargiga shudringday qoʻna boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
U [Rajab] Hasan ovchini koʻrishi bilan shoshib, oyoq-qoʻllarini qoqdi, kipriklariga qoʻngan gardlarni yenglari bilan artdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. Safarda dam olish, tunash yoki vaqtincha istiqomat qilish uchun biror joyda toʻxtamoq, biror joyga tushmoq, oʻrnashmoq.
-
Mehmonlar qayerga qoʻndilar?
-
Bugun bizga [biznikiga] qoʻnib boradilar-da. Qovun pishib qoldi, qovun sayli qilamiz. N. Safarov, Jangchi shoir
-
Bu saroyga turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar qoʻnar, chit, choy va ipak mollar hammasi shu yerga kelib tushardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Husayn Boyqaro Balxda amir Argʻun deganning Chahor bogʻiga qoʻndi. Oybek, Navoiy
4. Tunni biror joyda oʻtkazmoq, tunamoq.
-
Yoʻlda toʻrt qoʻnib keldik.
-
Bek shu kecha bu yerda qoʻnibdilar, oʻtgan kecha Qoraxonnikida edilar. S. Ayniy, Qullar
qo‘n soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oqshom qoʻndi
QO‘N so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘n so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar