qo‘lyozma
bilan ulashing
1. Ilmiy, badiiy, tarixiy va shu kabilar asarning qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida yozilgan, kompyuterda koʻchirilgan matni, nusxasi.
-
Nihoyat, Yigitali iyunning boshlarida tugatgan qoʻlyozmasini rahbari oldiga olib borib, oʻqib berib, domlani xursand qildi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Mashhur xattotlar katta pullar evaziga koʻchirgan bu qoʻlyozma kitoblarning har biri necha dinor turishini Qosimbek ham bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Qoʻlda yozilib, kitob shakliga keltirilgan asar; yozma yodgorlik (19-asr oʻrtalarigacha, yaʼni matbaachilik paydo boʻlguncha).
3. Noshirlikda: muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.
-
Sanobar mashinkasida Alixonning qoʻlyozmasini koʻchirib oʻtirgan edi, eshik taqillab qoldi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
QO‘LYOZMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЛЁЗМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘lyozma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar