qo‘ndir
bilan ulashing
1. Qoʻnmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Dushni qoʻlga qoʻndirmoq. Samolyotni yerga qoʻndirmoq. U kiyimiga gard qoʻndirmaydi.
-
Vaqt-bevaqt birovnikiga bir mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor boʻlsa, koʻnglini xushlab joʻnatsa, bul odam saxiy, agarda joyi bor turib, joy yoʻq, deb qoʻndirmay joʻnatsa, bul odam baxil. Alpomish
2. koʻchma Kiymoq (asosan bosh kiyimi haqida).
-
Boshiga dakana qoʻndirmoq.
-
Qiz silliq, tekis oʻralgan uzun, koʻrkam, ipakday mayin qoʻsh kokilini bir-bir qoʻlga olib koʻrdi keyin yangi chust doʻppini boshiga qoʻndirib, hovliga chiqdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Qurmoq, tikmoq, tiklamoq.
-
Polizga kapa qoʻndirmoq.
-
Taxt yasab, qoʻndirdi poʻlatdan qoʻrgʻon. Shirin bilan Shakar
qo‘ndir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap qoʻndirmoq
-
Ogʻzingdan bir gap chiqsa, u oʻnni qoʻndiradi.
QO‘NDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎНДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ndir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar