qo‘ltiq
bilan ulashing
1. Qoʻlning yelka bilan tutashgan yerida hosil boʻlgan burchak, qoʻl osti.
-
Qoʻltigʻi terlaydigan odam.
-
Bir qoʻltiqqa ikki tarvuz sigʻmas. Maqol
-
Qiz sumkasini qoʻltigʻiga suqib, ichkaridan chiqdi. S. Ahmad, Moʻtti
-
U dalani aylanganda, qoʻltigʻidan eski sariq charm papkasini qoʻymasdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Keyin oʻgʻlining qoʻltigʻidan olib, bir chetga tortdi: — Bular bilan teng boʻlmang, oʻgʻlim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men darrov qoʻltigʻidan koʻtarib, ustidagi chang-toʻzonlarni qoqqan boʻldim. Oydin, Bolalik uyda gʻiybat yoʻq
2. Kiyimning shu joyga toʻgʻri keladigan, shu joyni berkitib turadigan qismi.
-
Koʻylakning qoʻltigʻi. Paltoning qoʻltigʻi. Toʻnning qoʻltigʻi soʻkilibdi.
qo‘ltiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻltigʻiga kirmoq
-
Kasal boʻlib qolsam, nima boʻladi? Qoʻltigʻimga kim kiradi? Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Olaxoʻja:] Endi, bu bilan hazil qilma, kattarogʻini aka de, qoʻltigʻiga kir, kichikrogʻini uka de, deb oʻrgatadigan boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Qoʻltigʻiga suv purkamoq
-
Eshonning xotinini kimdir tezlayapti, kimlardir qoʻltigʻiga suv purkayapti. S. Ahmad, Hukm
Qoʻltigʻidan koʻtarmoq (yoki suyamoq)
-
Tagʻin men, Boboqulning oʻgʻli, qoʻltigʻidan suyaydigan azamat boʻlib qolibdi, deb quvonib yuribman-a! S. Anorboyev, Oqsoy
Tarvuzi qultigʻidan tushmoq
geogr. Okean, dengiz va koʻllarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan va asosiy havza bilan suv almashib turadigan qismi; koʻrfaz.
QO‘LTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЛТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ltiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar