boloxonador
bilan ulashing
1. aynan 1 boloxonali.
-
Shu on mingboshi choʻrt burildi-da, samovar ayvonidan oʻtib, uzoqda koʻringan boloxonador baland, bahaybat darvoza tomonga yugurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mansur bolalikdan qadrdon boʻlib qolgan uyning boloxonador tomini koʻzlari bilan izlab topdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma salb. 2 Dabdabali, tamtaroqli.
-
Boloxonador gaplar.
-
Hosilni nobud qil-may yigʻib-terib olamiz degan boloxonador vaʼdalar qani? Gazetadan
-
Rahim Salimovich xushxabarni juda boloxonador tashakkurlar bilan kutib oldi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Boloxonador (qilib) soʻkish Odob doirasidan juda ham chetga chiqib, oʻtaketgan beadab, choʻziq iboralar, soʻzlar bilan soʻkish.
-
Shundayam ponsad toʻngʻizdek olishar, yigitlarni boloxonador qilib soʻkardi. Yoshlik
-
Odil lovullab yonayotgan qulogʻini tez-tez silar ekan, boloxonador qilib soʻkindi. Yoshlik
BOLOXONADOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛОХОНАДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boloxonador so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar