bolta
bilan ulashing
1. Biror narsani (yogʻochni, goʻshtni va shu kabilar) chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tigʻi dastasiga parallel metall asbob.
-
Bolta tushguncha, kunda dam olar. Maqol
-
Ming daraxtning boshini bir bolta chopar. Maqol
-
Aqlli, toʻngakning nozik yerini — yoriladigan yerini topib turib, bolta uradi — aqli bilan yoradi, oʻzini qiynamaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hovlida qor ustida bolta bilan oʻtin yorayotgan yirtiq-yamoq toʻnli bir yigit Elmurodni imlab chaqirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Bolta (erkaklar ismi).
bolta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyogʻiga (yoki tagiga, ildiziga, tomiriga) bolta urmoq (yoki qoʻymoq)
-
Oʻz oyogʻingizga oʻzingiz bolta qoʻymang, deyman! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Savdo xodimi boʻlib ishlagan vaqtida Majid Qurbonovning nafs ildiziga bolta urilgan edi. Mushtum
-
mening oyogʻimga bolta urgan shu boʻladi. Mushtum
-
U zulm ildiziga bolta urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
BOLTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bolta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing