Izoh.uz saytida ko‘z so‘zining izohi va ma’nolari

ko‘z

ot

1. Tirik mavjudotning koʻrish aʼzosi.

  1. Koʻz kosasi. Koʻz oqi. Koʻz qorachigʻi. Qora koʻz. Koʻk koʻz. Xumor koʻz. Ayagan koʻzga choʻp tushar. Maqol

  2. Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi. Maqol

  3. Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir. Maqol

  4. Maston, unga eʼtibor qilmay, otning tumshugʻidan koʻtarib, uning ochiq qolgan koʻzlariga qaradi. A. Qahhor, Maston

  5. Gavhar oʻrtadagi simyogʻoch uchida osilib turgan lampochka yorugʻidan qamashgan koʻzlarini kafti bilan pana qilib, yogʻoch zinalardan chiqib keldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  6. Koʻzi yoshli odamni Koʻzim aslo koʻrmasa. Shuhrat.

2. Nazar, nigoh; qarash.

  1. [Kumushning] Koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Gulnor buzuq qiz boʻlsa, koʻzimizdan uzoqroq joyga yoʻqolgani yaxshi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Zulfizarni esa odamlarning yomon koʻzlaridan oltinlarni yashirganday yashirasan. K. Yashin, Hamza

  4. Mansur hamon indamas, koʻzlarini bir nuqtadan uzmas edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Koʻrish qobiliyati.

  1. Koʻzi xira. Koʻzi oʻtkir. Koʻzi ojiz. Koʻzi yaxshi emas.

  2. Bir vaqtlar doʻppi tikdim, koʻrpa qavidim endi unday ishlarga koʻzim oʻtmaydi. Oybek,Tanlangan asarlar

  3. Yozuvchining koʻzi ham, dimogʻi ham, qulogʻi ham hech kimnikiga oʻxshamaydi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi

4. koʻchma Baʼzi narsalarning biror belgi bilan ajralib, koʻzga oʻxshab ketadigan qismi, boʻlagi.

  1. Derazaning koʻzi. Yogʻochning koʻzi. Buloqning koʻzi.

ko‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻz gavhari

anat. Koʻz qorachigʻi ostida ikki tomoni qavariq linza shaklidagi tiniq tanacha.

Koʻz koʻrib (yoki koʻrmagan)

, quloq eshitmagan Butunlay nomaʼlum (narsa, joy va shu kabilar haqida).
  1. Birdan koʻz koʻrib, quloq eshitmagan bir jonivorni koʻrgandek, hayron boʻlib, sekin oʻrnidan turdi. Guldasta

  2. Oʻris tabib Achaxonning qornini yorar emish Koʻz koʻrib, quloq eshitmagan kasofat ish. K. Yashin, Hamza

Koʻz nurini toʻkmoq

Koʻz quvvatini sarflamoq (oʻqish, yozish, tikish kabi ishlarga nisbatan).
  1. — Men., yigirma yil xalifa uchun koʻz nuri toʻkib ishlabman — dedi Chorgul bibi. S. Ayniy, Qullar

Koʻz oldi yoki koʻz oʻngi

Koʻz koʻrib turgan, koʻrinib turgan maydon, fazo.
  1. Hammaning koʻz(i) oldida.

Koʻz qiri bilan qaramoq

Koʻzining bir chekkasi (yon tomoni) bilan qaramoq.
  1. Gavhar koʻzi qiri bilan Zulayhoga, keyin Abduxalilga qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Koʻz qismoq

Biror narsani bildirish, ishora qilish uchun koʻzini (odatda, bittasini) yummoq (qismoq).
  1. Mullajon amaki qih-qihlab kulib, keyin menga qarab, koʻzlarini qisdilar. E. Raimov, Ajab qishloq

  2. Jiyanim menga koʻz qisib, qoʻyavering degandek ishora qildi. Guldasta

  3. Garchi yigʻilganlar orasida luqmalarga bitta-yarimta koʻz qisishib oʻtirganlar boʻlsa ham, koʻpchilikning boshlari egik edi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

Koʻz oldi (yoki oʻngi) qorongʻilashmoq

Koʻzi xira tortib, koʻrolmay qolmoq (biror taʼsir natijasida).
  1. Yodgorning koʻz oʻngi qorongʻilashdi-yu, yiqilib ketmaslik uchun, stul oʻrindigʻini changallab oldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Koʻz tashlamoq

Qaramoq, nazar solmoq.
  1. U yoq-bu yoqqa diqqat bilan koʻz tashladi-da, zinadan ohista yuqori koʻtarildi K. Yashin, Hamza

  2. Mohim koʻz tashlab, bir koʻrishda yuragi jiz etdi. Guldasta

Koʻz tikmoq

Tikilib qaramoq, intizor boʻlmoq, qaramoq.
  1. Katta xotinlari yoʻliga koʻz tikib oʻtirganliklarini boyvachcha xayoliga ham keltirmas edi. K. Yashin, Hamza

  2. Mehri uning qoʻlini mahkam qisib, yuziga koʻzini tikib qolgan edi. K. Yashin, Hamza

Koʻz tutmoq

Kutmoq.
  1. Kelasiz deb koʻz tutdim, boʻlmadi xabar. Gʻayratiy

Koʻz uzmaslik (yoki olmaslik)

Tikilgan holda, koʻzini olmay qaramoq.
  1. Yaxshi boʻldi, deb oʻyladi Mansur, undan koʻz uzmay Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Hayot to uyga kirib ketguncha, Gʻulomjon koʻzlarini olmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Koʻz urishtirmoq

Bir-biriga qarab olishmoq.
  1. Sakson yoshligi nishonlanayotgan kuni ustozim begona bir kampir bilan koʻz urishtiribdi, oʻsha kampir bir quchoq gul keltirgan ekan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Koʻz yugurtirmoq

Tezgina koʻrib (qarab) chiqmoq.
  1. Yoʻlchi atrofiga koʻz yugurtirib, qizga tomon ikki-uch qadam bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Naziriy uni [qogʻozni] buklogʻidan ochib, koʻz yugurtirdi. K. Yashin, Hamza

Koʻzga tashlanmoq

Koʻrinmoq.
  1. uzoqda choʻqqilar koʻzga tashlanar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Koʻzdan kechirmoq (yoki oʻtkazmoq)

Bir chekkadan qarab, koʻrib chiqmoq; nazardan (eʼtibordan) oʻtkazmoq.
  1. Qoʻlyozmani koʻzdan kechirmoq.

  2. Hamza: “Bularning gunohi nima? degan maʼnoda yonida Sadoyi Fargʻonaning bugungi sonini koʻzdan kechirib oʻtirgan Olchinbekka qaradi. K. Yashin, Hamza

  3. Qurbon aka-ukalari, xesh-aqrabolarini xayolan koʻzdan oʻtkazdi. I. Shamsharov, Toshqin

Koʻzdan qochirmoq

1. Qayoqqa ketganini bilmay qolmoq, qorasini yoʻqotmoq.
  1. Kimda gumoning boʻlsa, koʻzdan qochirma, iziga tush. Oybek, Tanlangan asarlar;

2. Nazar-eʼtibordan chetga olmoq; yashirmoq.
  1. Bu janjallar bir yoqli boʻlguncha, uni koʻzdan qochirib turish kerak.

Koʻzi tushmoq

Koʻrmoq, koʻrib qolmoq.
  1. Abduqodirboy bu payt bolalar ichidan oʻgʻlini qidirardi. Unga koʻzi tushdi-yu, soʻroqqa tutdi. K. Yashin, Hamza

Koʻzdan qolmoq

1. Koʻrish qobiliyatini yoʻqotmoq, koʻrmaydigan boʻlib qolmoq;
2. Koʻzni ishlataverib, qarayverib toliqtirmoq.
  1. Kechalari koʻzdan qolib tikkan doʻppingni oʻzing kiyolmaysan. A. Muxtor, Opa-singillar

Koʻzni oladi

Koʻzga qattiq taʼsir qiladi, koʻzni qamashtiradi (nur, jilvali narsalar haqida).
  1. Koʻzing olur — ipaklari tillodan. T. Toʻla.

  2. Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday begʻuborki, koʻzni oladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Tizzaning koʻzi

Tizza boʻgʻimi — son suyagining boldir suyagi bilan birlashgan joyidagi, tizza qopqogʻi ostidagi chuqurcha.
  1. Yuragi gupillab urar, shamoldan quloqlari shangʻillar, tizzasining koʻzi muzday yerga tegib turganini sal-pal sezardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Uzukning koʻzi

Uzukka qoʻyilgan yaltiroq tosh.

Xurjunning koʻzi

Xurjunning narsa solinadigan har bir boʻlagi.

Aqli koʻzida

Aql bilan ish tutmaslik, koʻzga yoqqanini, maʼqul boʻlganini qilishga nisbatan qoʻllanadi (asosan, yoshlar haqida).
  1. Aqli koʻzida boʻlgan bir xumsa savlatimga poʻrt uchdi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy

Boshga tushganini koʻz koʻradi

Hayotda (taqdirda) yuz bergan narsaga chidashlik, bundan boshqa iloj yoʻqlik maʼnosini bildiradi.
  1. Boshga tushganini koʻz koʻradi. T. Ashurov, Oq ot

Dunyo koʻziga qorongʻi

Dunyodagi hech narsa koʻzga koʻrinmasligi, eʼtiborsiz, ahamiyatsiz holatda boʻlishini bildiradi.
  1. Talʼat birinchi kursdanoq Hamida degan qizni sevib qolgan, shu qiz boʻlmasa, dunyo koʻziga qorongʻi, bemaʼni koʻrinib ketardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Yomon koʻz

1. Xurofiy tushunchaga koʻra, zarar-zahmat, musibat keltiruvchi nazar, qarash.
  1. Dutfiniso dam oʻtmasdan kelib, goh yomon koʻzdan saqlasin uchun, isiriq tutat-tirar, goh qizini quchib yigʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Yana aytaman, faqat ehtiyot boʻl, yomon koʻzdan oʻzi asrasin. T. Ashurov, Oq ot

2. Yomon, buzuq niyat.
  1. Oʻz qadrini bilgan xotinga erkak kishi yomon koʻz bilan qaragani botinolmaydi. A. Qahhor, Xotinlar

Jonini koʻziga koʻrsatmoq

Oʻta azob bermoq, qiynoqqa solmoq.
  1. Umar polvon bosh egmadi Ergashga qarab gʻoz turaverdi. — Islom, men bu itning vangillashini eshitmoq-chiman, jonini koʻziga koʻrsatib qoʻy, — dedi gʻazabdan koʻzining paxtasi chiqib ketgan Ergash. K. Yashin, Hamza

Ishning koʻzini bilmoq

  1. Ishning koʻzini biladigan qarindoshlarimdan birining huzuriga borib, oʻgʻlimga munosib yengilroq ish topib berishlarini iltimos qildim. Mushtum

Koʻz boʻyamoq

Oʻz foydasi uchun aldab, laqillatib, boʻlgan voqea-hodisani notoʻgʻri koʻrsatmoq; aldamoq.
  1. Mehmonlardan biri, yosh bolalarni toʻplab, sheʼr oʻqib berayotgan bir juvonga taʼna qildi: — Musobaqada koʻz boʻyash bilan yutgan ekansiz-da, Toʻtixon! A. Qahhor, Mirzo

Koʻz(ni) olaytirmoq

Koʻz ostiga (yoki tagiga) olmoq

Oʻziniki qilish, foydalanish va shu kabilar maqsadda moʻljallab qoʻymoq.
  1. Sodiqjon boyvachcha uch tanob yer, katakdek chorbogʻni anchadan beri koʻz ostiga olib yurar, lekin buni Poʻlat otaga aytishga yuzi chidamay kelar edi. K. Yashin, Hamza

Koʻz ochib koʻrgan

Birinchi nikoh koʻrgan (birinchi er yoki birinchi xotin).
  1. Norjon ona Boydoda muallimning koʻz ochib koʻrgani. J. Abdullaxonov, Xonadon

  2. Bu mol-u davlatning barchasini oʻsha koʻz ochib koʻrganining bitta harom tukiga olmaydi. K. Yashin, Hamza

Koʻz ochib yumguncha

Juda tez; bir lahzada (vaqt haqida).
  1. Toʻntarish koʻz ochib yumguncha yuz berdi. K. Yashin, Hamza

  2. Oʻsha koʻz ochib yumguncha oʻtgan vaqtlarda Aʼzamjon Dildorning husniga ham, shoʻshigiga ham toʻyolmay qolgandi. S. Ahmad, Ufq

Koʻz ochirmaslik

Hadeb doʻq-poʻpisa, taʼna-malomat qilaverib, tinchlik bermaslik, erkin ishlashga, yashashga yoʻl bermaslik.

Koʻz tanish

Koʻz tegmoq

Xurofiy tushunchaga koʻra, birovning nazari tushishi sababli ogʻrimoq, ziyon yetmoq.
  1. Toʻqqiz qanotli, guldor keragali oq uyning tepasida qoʻchqor shoxi osigʻliq Allonxoʻja uni xonadonimga koʻz tegmasin, deb irim qilib osgan ekan. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

  2. Sen bilmaysan, bolam, bizga koʻz tegdi xonadonimizga shayton oralab qoldi. K. Yashin, Hamza

Koʻz yummoq

Koʻzga dori

Juda qadrli va kam topiladigan, kamyob narsa haqida.
  1. Tirikchilik qiyin, qumaloq ham koʻzga dori. Oybek, Tanlangan asarlar.

Koʻzga ilmaslik

ayn. Nazarga ilmaslik
  1. Ayo toʻram, aytmaguncha bilmading. Yo bilmayman, bizni koʻzga ilmading. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.

Koʻzga ishonmaslik

Koʻrayotgan narsasi haqiqat ekaniga, haqiqatda ham shu, shunday ekaniga shubha bilan qaramoq; oʻta hayron boʻlmoq.
  1. U [Oʻrmonjon] ikki qoʻlida uchtadan oltita choynak koʻtarib, hovuz boʻyidagi choyxoʻrlar oldiga ketayotgan Sidiqjonni koʻrib, xuddi koʻziga ishonmaganday, turib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Koʻzga koʻringan

Maʼlum va mashhur; taniqli, nomdor (dongdor).
  1. Koʻzga koʻringan olim.

Koʻzga surtmoq

Ortiq darajada qadrlamoq, eʼzozlamoq.

Koʻz(i)ga choʻp solmoq

Bildirmay yomonlik qilmoq (odatda, oʻz kishisi, yaqinlariga nisbatan).
  1. — Hazilingni qoʻy, bolam, koʻzga choʻp solib boʻladimi! — dedi muloyim Zebi xola. S. Abduqahhor, Koʻzlar

  2. Falonchining avlodi, deb koʻzimga choʻp solishmoq-chi boʻlishdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

Koʻzga yaqin

Husni, koʻrinishi oʻziga jalb qiladigan (asosan, yosh oʻgʻil-qizlar haqida).
  1. Qoʻqonning koʻzga yaqin oʻgʻil-qizlarini otlariga oʻngarib chiqib ketishdi. K. Yashin, Hamza

Koʻzda tutmoq

Moʻljal qilmoq, nazarda tutmoq.
  1. Gektaridan koʻzda tutilganidan koʻproq don va koʻkpoya olindi. Gazetadan

Koʻzi yetmoq

Ishonchi komil boʻlmoq.
  1. Otamurod oxiri kiyik oyoqqa tura olmasligiga koʻzi yetib, oʻrnidan turdi-da, pichogʻini qinidan chiqarib, Sultonovga uzatdi M. Mansurov, Yombi

  2. Umrida qalbakilik nimaligini bilmay oʻsgan qiz uchun yolgʻon bilan til topishish qiyin edi. Bu vaziyatda yashay olmasligiga koʻzi yetdi. J. Abdullaxonov, Xonadon

Koʻzi yorimoq

Boʻshanmoq, tugʻmoq.
  1. Oʻgʻil muborak boʻlsin, bolam! Hozirgina koʻzi yoridi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Koʻzi ilinmoq (yoki ketmoq)

Uyquga ketmoq, uxlay boshlamoq.
  1. Hoji xola koʻzi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi, Toʻraxon gap qotib qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Endi koʻzi ilindi deguncha, zambilda bemajol yotgan haligi bolaning nursiz basharasi koʻz oldiga kelar edi-da, uyqusini qochirib yuborardi. K. Yashin, Hamza

Koʻzi moshdek ochilmoq

Aqli joyiga kelmoq, ahvolni yaxshi (toʻgʻri) fahmlaydigan holga kelmoq.
  1. Haligina otish, qirib tashlash kerak, deb bu kuchni mensimayotgan Kitayevning koʻzi moshdek ochilib, ahvolning nihoyatda murakkabligini fahmladi. K. Yashin, Hamza

Koʻzi och

Bori bilan qanoatlanmaydigan, toʻymaydigan.

Koʻzi ochilmoq

Aqli joyiga kelmoq, oʻylab ish qiladigan boʻlmoq.
  1. qoʻshnimni bir karra tanqid qilaylik, intil, ilmingni boyit, deylik. Intilmasa, oʻzidan koʻrsin, ishi chippakka chiqqanda, koʻzi ochiladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

  2. Mendan xavotir olmang, ogʻa, achchiq-chuchukni totib, koʻzim ochilib qolgan. M. Osim, Ibn Sino qissasi

Koʻzi ochiq

1. Ishning mohiyatiga tushunadigan; yaxshi-yomonni fahmlaydigan.
  1. Yaralarimizga, dardlarimizga malham qidirgan va olamdan xabardor, koʻzi ochiq odamlarimiz bor. Yurt qaygʻusiga ular chora koʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar;

2. Oʻlmagan, hayot.
  1. xudoga ming qatla shukur, koʻzim ochiq paytda qizginamning toʻyini koʻradigan boʻldim. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

Koʻzi ochiq ketmoq

s. t. Dunyodan armon bilan, maqsadiga yetolmasdan oʻtmoq.

Koʻzi pishmoq

Biror ish-faoliyatda katta malaka (koʻnikma) hosil qilmoq, oʻziniki qilib yubormoq.
  1. Boydoda muallim boshliq qurilish ishida koʻpdan koʻzi pishib ketgan keksalar yoshlarga maslahatgoʻy. J. Abdullaxonov, Xonadon

  2. Erlarining har bir xatti-harakatlari maʼnosini ular bilishadi, bunga ularning koʻzlari pishib ketgan. K. Yashin, Hamza

Koʻzi tinmoq

  1. boshi aylanib, koʻzi tinib, yerga yiqildi. K. Yashin, Hamza

Koʻzi tor

Oʻzgaga hech narsani ravo koʻrmaydigan; ziqna, baxil.
  1. — Oʻzlariyam oʻlguncha koʻzi tor, ziqna, — dedi Jilamun. Gʻ. Gʻulom, Shum bola

Koʻzi toʻrt (boʻlmoq)

Yoʻliga intizor.
  1. Shukur, oʻgʻlim, shukur, keldingmi? Seni keladi, deb oying ikkalamizning bir oydan beri koʻzimiz toʻrt. H. Ahmar, Kim haq?

Koʻzi oʻynamoq

Havasi kelmoq.
  1. Oʻrtoqlari koʻrib, koʻzlari oʻynadi.

Koʻzi qattiq

s. t. Kishiga tikilib qaraydigan, uyalmaydigan, hayosiz.
  1. Biroq qiz qurgʻur ota-onasiga oʻxshamaydi-da: koʻzi qattiq, tili tez, dimogʻdor qiz boʻlibdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.

Koʻzi qiymaslik

Berishga, bahridan oʻtishga achinish, koʻngli boʻlmaslik.
  1. Manovi kuchukni oʻldirishga koʻzim qiymay turibdi. Qaramaysanmi, chiyaboʻriday yopishib olganini. S. Siyoyev, Yorugʻlik

Koʻzga issiq koʻrinmoq

  1. Dalidan beri tikilaman, koʻzimga issiq koʻrindiz, soʻraganning aybi yoʻq, deyishadi, qayerdansiz? S. Karomatov, Oltin qum

Koʻziga koʻrinmaslik

Eʼtibordan yoʻqolmoq.
  1. Achaxonning joni ham uning koʻziga koʻrinmadi-ku. Oʻlimiga rozi boʻldi uning. K. Yashin, Hamza

Koʻzingga qara

“Hushyor boʻl”, “ehtiyot boʻl”, boshqa yoqqa chalgʻima, alaxsima maʼnolarida ishlatiladigan ibora.

Koʻzini yogʻ bosmoq

Uncha-munchani, hatto tanishlarni ham tanimaydigan (nazarga ilmaydigan) boʻlmoq.
  1. Men koʻzini yogʻ bosgan bandalarga elanmayman, arzimni xudoga aytaman. K. Yashin, Hamza

Koʻzini shamgʻalat qilib

Chalgʻitib, koʻrmaydigan holatga solib.
  1. Tong otar paytda, toʻrtinchilarning koʻzini shamgʻalat qilib, toʻqayzor ichidan yoʻlga chiqishlari lozimligini tayinladi. K. Yashin, Hamza

Koʻzining oq-u qorasi

Eng yaqin kishisi, yakka-yu yolgʻizi (koʻpincha farzand haqida).
  1. Nainki bitta shu qizi deb umrini oʻtkazsa, koʻzimning oq-u qorasi deb avaylasa oʻstirsa-yu, u yuziga tik qarasa. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Otamning ham, onamning ham bitta-yu bitta koʻzining oq-u qorasi men edim. Gʻ. Rasul, Adolat

Koʻzining paxtasi chiqmoq

Oʻta darajadagi gʻazab, hayajon va shu kabilar taʼsirida koʻzi ola-kula boʻlmoq.
  1. — Islom jonini koʻziga bir koʻrsatib qoʻy, — dedi gʻazabdan koʻzining paxtasi chiqib ketgan Ergash. K. Yashin, Hamza

Koʻrgani koʻzi yoʻq

Juda yomon koʻradi, hatto koʻrishni ham xohlamaydi.
  1. Ular oʻsha duma saylovidan keyin sizni koʻrgani koʻzlari yoʻq, hatto joningizga qasd qilishdan ham toyishmaydi. K. Yashin, Hamza

  2. Aslida ularni uncha xushlamayman, koʻrgani koʻzim yoʻq. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarmoq

Zarar-ziyon, shikast yetkazadigan ishni qilib qoʻymoq.
  1. Men hazillashgan edim. Lekin qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarishimni oʻylamagan ekanman. K. Yashin, Hamza

Qoʻshning koʻr boʻlsa, koʻzingni qis

Yon-atrofingdagilarga qarab, oʻshalarga xush keladigan qilib ish tut maʼnosida ishlatiladigan maqol.

KO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
29
So‘zning teskari yozilishi
z‘ok
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
3095

ko‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ko‘z so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ko‘z so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 855 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+