bolish
bilan ulashing
1. aynan Yostiq.
-
Har bir ayvonning tokchasida behisob baxmal, ipak koʻrpachalar, bolishlar. J. Sharipov, Xorazm
-
Mamat qassob bolish chetini mahkam changallagan koʻyi oʻgʻliga qattiq tikilib qoldi. Yoshlik
-
Oʻtgan kuni Bobur oʻziga keldi, bolishga suyanib, bir oz boshini koʻtardi. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda
2. Divanning suyanishga moʻljallangan bolish shaklidagi suyanchigʻi.
-
Akbarov qaddini rostlab, divanning bolishiga bilagini qoʻydi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Divanning kleyonka qoplangan suyanchiq bolishida bir kitobning besh-olti nusxasi turibdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
bolish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Loʻla bolish
tarixiy Moʻgʻullar, qisman turklar orasida 13—14-asrlarda muomalada boʻlgan tilla yoki kumush pul.
BOLISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bolish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar