boldoq
bilan ulashing
1. Koʻzsiz silliq uzuk.
2. aynan Zirak.
-
Naziraning yelkalari, boshidagi zar roʻmoli, quloqlaridagi boldoqlari yaltiradi. S. Ahmad, Ufq
-
Zubaydani chindan ham qoʻgʻirchoq qilib yasatishgan edi: quloqlarida oltin boldoqlar, barmoqlarida gavhar koʻzli tilla uzuklar. K. Yashin, Hamza
3. koʻchma Oʻsimlik va daraxtlarning boldoq kabi osilib turgan qismi (koʻsak, yaproq va boshqalar).
-
Uning [Mamatning[ oʻtkir koʻzlari oldida bepoyon paxtazorlar kumush boldoqlari bilan jilmayib koʻrinadi. Sharq yulduzi
4. Baʼzi narsalarni mahkamlash uchun ularga kiydiriladigan halqa.
-
Qilich boldogʻi.
5. sheva Hassa, qoʻltiqtayoq.
-
Boldoqqa suyanib yurmoq.
BOLDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boldoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar