zaharla
bilan ulashing
1. Zahar bermoq, ogʻu berib oʻldirmoq.
-
Kechasi bir ziyofatdan qaytib, [Boy] laxta-laxta qon qusdi, azonga yaqin jon berdi. Bilmadim, birov zaharlanganmi, haytovur, vaqti-soati yetgan ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Zahar qoʻshmoq, sepmoq; zararli moddalar qoʻshib, yaroqsiz holga keltirmoq.
-
Suvni zaharlamoq. Ovqatni zaharlamoq.
3. koʻchma Ruhan qiynamoq, azoblamoq, tinchini, turmushini buzmoq, ogʻulamoq.
-
[Yormat:] Yuragimni zaharlading, yuragingni qiymalayman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Shoshma, dadang yoʻqligida san oʻlgur bilan gaplashib olay, yurak-bagʻrimni zaharlading! — oʻrnidan turib, ildamlik bilan qoʻrgʻon eshigini zanjirladi Gulsumbibi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Xolisa:] Siz hasharot, zaharlarni oʻylayverib, mening hayotimni zaharladingiz. S. Nurov, Narvon
4. koʻchma Kishi ongiga, feʼl-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatib buzmoq, yoʻldan chiqarmoq.
-
Bidʼat va xurofotlar kishi ongini zaharlaydi.
ZAHARLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАҲАРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zaharla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar