zahmat
bilan ulashing
1. Ogʻir, mashaqqatli mehnat.
-
Koʻklamgi zahmat — qishki rohat. Maqol
-
Kimki chumolidek chekibdi zahmat, El aro topadi eʼzoz-u izzat. Gazetadan
-
Elning zahmati-la topilgan oltin elniki, davlatniki. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Zohiran erki oʻzida boʻlib koʻringan zahmat ahlining aslida oyoq-qoʻllarida ogʻir kishan, til-jagʻlari bogʻlab tashlangan edi. N. Safarov, Olovli izlar
2. koʻchma Kulfat, azob-uqubat, qiyinchilik.
-
urushning zahmatini boshidan kechirgan har bir odam dahshatli u yillarning jonli shohididir. N. Safarov, Olovli izlar
-
Barcha zahmat menga boʻlsin, Mayli, doim men yashay Bu shirin qaygʻu bilan. E. Vohidov, Yoshlik devoni
zahmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zahmat chekmoq
-
Sanʼatkor oʻz asarini qiyomiga yetkazish uchun koʻp zahmat chekadi. OʻTA
-
Otangiz bebaho, olijanob odam. Umr boʻyi avom uchun zahmat chekdilar [dedi Horunbek]. Mirmuhsin, Meʼmor;
-
Ammo, turmushida qanchalik zahmat chekmasin, sira ruhi tushmas, odamlarga hamisha kulib boqar edi. M. Xayrullayev, Koʻngil
ZAHMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАҲМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zahmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar