zaif
bilan ulashing
1. Jismonan quvvati kam, bequvvat, nimjon, kuchsiz.
-
Zaif bola,
-
Jismonan zaif, keksaroq yoki sovuqqa ancha taʼsirchan kishilar, yaxshisi, kechqurun yotishdan oldin oyoqqa sovuq vanna qilishlari kerak. Fan va tur-mush
-
Gulchehra Sultonning titroq bosgan zaif qoʻllarini qaynoq yosh tomchilari bilan yuvilayotgan yuziga bosdi M. Xayrullayev, Tilla marjon
2. Tembr jihatdan baland, kuchli boʻlmagan; kuchsiz, past.
-
Gʻulomqodirning ovozi juda zaif chiqdi. Sharq yulduzi
-
Ayol kishining zaif ingragan ovozini eshitib, oʻziga keldi-da, otilib uyga kirdi. X. Ahrorova, Orifning davlati
-
— Qoʻrqmang, men — dedi Gʻulomjon, kuz yaprogʻiday titrab turgan zaif tovush bilan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Iqtisodiy yoki harbiy jihatdan nochor, kambagʻal.
-
Siz koʻrayotgan gigant yonida iqtisodiy zaif xoʻjaliklar tiralib yotsa, bu nomutanosiblikni bizdan keyingi avlodlar kechirarmikan? A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
4. Unchalik koʻp boʻlmagan, juda oz; xira.
-
Zaif shuʼla.
-
Sariq, moyli qogʻozdan zoʻrgʻa oʻtgan zaif nur toʻquvchi ayollarning tanda ustidagi qoʻllarigagina tushadi. A. Muxtor, Opa-singillar
5. Mahorat nuqtayi nazaridan kuchsiz, boʻsh; puxta ishlanmagan.
-
Biz Abdulla Qodiriyning ijobiy fazilatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, undagi ayrim zaif tomonlarni ham koʻrsatib oʻtishimiz zarur. Gazetadan
-
Daho ulugʻ shoirning zaif joyini bilib oldi. T. Murod, Qoʻshiq
zaif soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqli zaif
-
Anvarning oʻzi sal aqli zaif ekan, vosvosga tushib qolgan; akalari uni xafa qilgan. Gazetadan
Mizoji zaif
-
— Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi? —Uyalmaymanmi? — Uyalmang. — Uyalmasam mizojim zaif. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ZAIF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАИФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zaif so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar