tekin
bilan ulashing
Evaziga pul, haq yoki boshqa biror narsa talab qilinmaydigan; pulsiz, bepul.
-
Tekin ovqat. Tekin mehnat.
-
Uzoq safarga pul kerak. Tekin qimiz, et qayda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Sen hali shunaqa yomonmisan-a? Oʻy-boʻy! — dedi zavxoz. — Shunchalik tekin yeb-ichib, oʻqib yurganingga shukur qilish kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi
tekin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suv tekin, suvtekin
-
Xotinlarning mehnati ayniqsa qadrsiz, suv tekin boʻlishini oʻshanda bildim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Goʻr azobi bilan yetishtirgan paxtasini zavodga keltirib, suv tekin sotadi, — deyar edi kuyunib Vali aka. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tekin tomoq
TEKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tekin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar