tekis
bilan ulashing
1. Yuzida gʻadir-budir, baland-past, oʻnqir-choʻnqir joylari boʻlmagan; silliq.
-
Tekis taxta. Tekis maydon. Tekis devor.
-
Kecha qorongʻi va tumanli edi. Keng, tekis koʻchaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoʻl tekis, mashina siljimasdi. S. Ahmad, Ufq
2. Joylashish, oʻlcham (hajm yoki boʻy) va shu kabilar jihatdan bir xil.
-
U jilmayganida, qizlarnikiga oʻxshash, tekis tishlari yarq etib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Boʻyi baland, qomati kelishgan, qora soqoli iyagida tekis qilib qirqilgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻk bluzka kiygan ikki qiz Bashoratlarning oldiga keldi. Ular bir-birlariga juda oʻxshar, boʻylari ham tekis, juda chiroyli qizlar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Bir maromda, bir xil tezlikda.
-
Tekis harakat. Tekis odim.
-
Xuddi sirk otlariday bezatilgan semizgina, silliqqina boʻz ot tekis olib ketdi. Oybek, Nur qidirib
-
Undan nariroqda qora kalxat, sanʼatini namoyish qilayotganday, bir tekis suzib yuribdi. N. Fozilov, Diydor
4. ravish Baravariga, yoppasiga bir vaqtda; shigʻa, qiygʻos.
-
Urugʻlarni tekis undirib olmoq. Giloslar bir tekis gulladi. Gʻoʻzalar bir tekis unib chiqdi.
-
Har safar tekis chiqib, yashnab oʻsayotgan yam-yashil gʻoʻzalarni koʻrganimda paxtazordan chiqqim kelmas edi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat
5. Har jihatdan teng, baravar, bir huquqdagi.
-
Suv xudoyimning mulkimi? Xaloyiq tekis ichadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Meni saylang, negakim, Endi qadrdon boʻla-man. Bir tekis hammangizga Xizmati bajon qilaman. Hamza
6. koʻchma s.t. Beishkal, silliq; bir xil qilib.
-
Ishi juda tekis. Hamma ish tekis boʻlib ketdi.
-
Musa koʻsa bir yerda turmas, chigitlarni bir tekisda ekish kerakligini, chigit toʻrt enlikdan chuqur boʻlmasligini hadeb tayinlardi. S. Ahmad, Hukm
7. so‘zlashuv tili Kelishgan, chiroyli.
-
Oʻrtada oʻn olti-oʻn yetti yashar bachcha oʻynaydi. U rang-siz, xipcha, tekisgina, yana toʻgʻrirogʻi, popukday bola. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Anov togʻ bilan manov togʻ egiz ekan, Jami qizdan oxun qizi tekis ekan. Oq olma, qizil olma
TEKIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕКИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tekis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar