tekislik
bilan ulashing
1. Tekis yuzaga (sirtga) egalik.
-
Yerning tekisligi. Taxtaning tekisligi.
2. Baland-pasti boʻlmagan tekis yer, tekis maydon.
-
Roʻparadagi tekislikda rayon daraxtlari qorayib koʻrinar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. fizika geom. Tekis yuza.
-
Proyeksiyalovchi tekislik. Qiya tekislikdan jismning tushishi.
4. geogr. Katta balandliklar, togʻlar boʻlmagan, nisbiy tekis boʻlgan yer sathi; okeanlar tubidagi yassi katta maydon.
-
Oʻshning janubidagi keng tekisliklar, toʻlqinsimon qir va adirlar turli-tuman dala gullari bilan bezangan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. siyos. Har jihatdan tenglik, teng huquqlilik.
-
Iqtisodiy tekislik.
TEKISLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕКИСЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tekislik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar