tek
bilan ulashing
1. Harakatsiz, qimirlamasdan va ovoz chiqarmasdan, jim.
-
Tek tur. Tek oʻtir.
-
Hamma bir lahza tek qolib, birdan qattiq kulgi koʻtarildi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Unda laylak bir oyoqlab turib, yashillanib kelayotgan adirlarga koʻz tashlab, tek qotgan. S. Ahmad, Hukm
2. Hech ish, harakat qilmasdan, bekor.
-
Tek turmagan toʻq turar. Maqol
-
Uning [Haydarboyning] qoʻllari tek turmaydi: dam uzun otashkurak bilan toʻnkaning oʻt olgan joylarini qoqib, yana ham koʻproq biqsitadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hamma harakatda-yu, yolgʻizmen tek yotibman. Oydin, Oltin uzukka olmos koʻz
3. und. s. vzf. Qimirlama, jim. —
-
Tek, oʻr-toqlar, — dedi rais va davom etdi, — oʻzingiz ekasizmi? A. Qah\or, Sarob
tek soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tek qoʻymoq
-
Hozir tek qoʻyib qoʻygan odamlarni suv chiqqandan keyin qamashi ham ehtimoldan uzoq emas. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
TEK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tek so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar