qochirim
bilan ulashing
1. Biror kimsa, narsa, voqea va shu kabilarga ishora qilib aytilgan ramzli gap, shama; qochiriq.
-
U narigi soʻridagi mashshoqlar bilan oʻtirgan choʻtir Abdurahim oshpazni qochirim bilan askiya qila boshladi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka
-
[Zaynobiddin] Baʼzida andakkina qochirimga ham ogʻzi qulogʻida xirr-xirr kuladi. Mirmuhsin, Tirik tovon
-
Bashorat imo-ishora qochirimlarni yo tushunmaydi, yo tushunmaslikka oladi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
2. Istehzo, kinoya, piching, kesatiq, qochiriq.
-
Muborak shu gapga ham xandon urib kuldi. Tursunoy Dilbarning bu gapi qochirim-mi yo maqtashmi — tushunmas edi. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
3. musiqa Oʻzbek anʼanaviy musiqasida oddiy va murakkab musiqa bezaklarining umumiy ifodasi: kuyga jilo beruvchi qisqa tovush (ohang)lardan tashkil topadi.
-
Oʻzbek milliy kuylari nozik qochirimlari bilan notaga olindi. Gazetadan
QOCHIRIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЧИРИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qochirim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar