qochir
bilan ulashing
1. Qochmoq I feʼlining orttirma nisbati.
-
Yerning zaxini qochirmoq. Kayfini qochirmoq. Mazasini qochirmoq. Koʻzdan qochirmoq.
-
Hokim uchta mahbusni shahar turmasiga joʻnatganda, oʻshalarni Qudrat akam qochirib yubordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Pazandalikda seni bir choʻqishda qochiradi-ku! H. Nazir, Oltin qadah
2. Chetga tortmoq, uzoqlashtirmoq; ora-sini ochiq-ochiq qilib qoʻymoq.
-
[Otabek] Sodiqdan koʻkragini qochirib, xanjarli qoʻlini boʻshatdi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hayot esa xuddi yiqilib ketishdan qoʻrqqandek, bir qoʻli bilan tanchani ushlab, yuzini yigitdan xiyol qochirib turardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boboqul ota uchta chillakni tanladi-yu, oʻrik tupining uch yogʻiga oralarini sal-sal qochirib suqdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Yoʻqotmoq, qoʻldan chiqarmoq, boy bermoq, oʻtkazib yubormoq.
-
Oqizmagin koʻzdan qonli yoshimni, Qochiribman aqlim bilan hushimni. Goʻroʻgʻli
-
Mansur bu gapni bekorga aytmadi. Zuhra chindan meni tanigan. Fursatni qochirmasdan chorasini koʻrish kerak. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
4. koʻchma Orasini buzib, bir-biridan ayirmoq, judo qilmoq.
-
Nega shunday qilding, onajon, nega Adolatni mendan qochirding? I. Rahim, Chin muhabbat
5. Koʻngliga, didiga yoqmay yoki boshqa biror sabab bilan oʻzidan uzoqlashtirmoq.
-
Hozir uning koʻziga juvon biron sovuqligi bilan erkakni oʻzidan qochiradigan qari qiz emas, koʻp yigitlarni oʻziga shaydo qilgan bir nozanin boʻlib koʻrindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Yashirin olib ketmoq, oʻgʻirlamoq.
-
Yigirmalab har yurtdan qiz qochirdim. Hamza, Paranji sirlari
-
Uyimga qiz qochirib kelishga kimning haddi bor? Oybek, Tanlangan asarlar
qochir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap qochirmoq
-
Afandi liboslarni koʻtarib, terlab borar ekan, podsho gap qochirdi. Latifalar
Koʻzdan qochirmoq
Qochmoq II feʼlining orttirma nisbati.
-
Sulton sigirni qochirib kelgandan keyin, tomga qamish bosishi kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Sherbek egar qoshidan sumkasini oldida, sunʼiy qochirish punktiga qarab yurdi. S. Anorboyev, Oqsoy
QOCHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЧИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qochir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar