qosh
bilan ulashing
1. Qovoq tepasidagi yoysimon tukli qatlam.
-
Quyuq qosh. Payvasta qosh. Qosh(ni) boʻyamoq. Qosh(ni) termoq. Qosh(ni) chimirmoq. Qosh(ni) qoqmoq.
-
Samandarov bir qoshi past va bir qoshi baland boʻlib, oʻchib qolgan maxorkasini chiroqdan tutatib oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Hoy-hoy, — kotib tutash qoshlarini uchirib qoʻyib, Akbarga koʻz qisdi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
2. Baʼzi narsalarning old qismi, turtib chiqqan joyi.
-
Ayvonning qoshi.
-
Xizmatkorlar qoʻltigʻimdan koʻtarib, otga mingashtirmoqchi boʻlganlarida, oyogʻim uzangidan toyib, burnim egarning qoshiga tegib ketdi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
3. Uzuk, isirgʻa kabi buyumlarga oʻyib solingan yoysimon gul — bezak.
-
Kanizlarning qoʻllarida qoshlari brilliant oltin bilaguzuklar, boʻyinlarida zebigardonlar. J. Sharipov, Xorazm
4. koʻm. vzf. (3-shaxs egalik va makon kelishiklari shaklida — qoshiga, qoshida, qoshidan) Makon munosabatlarini bildiradi.
-
Hech kim rahm aylamas qolish yoshimga, Shakar aka, kelgin mening qoshimga. Shirin bilan Shakar
-
Qoshimdan noz-istigʻno bilan ketding, yomon boʻldi, Qoshimga noz-istigʻno bilan kelsang, yomon boʻlmas. J. Kamol
-
Uch qizim bor, bir oʻgʻlim bor qoshimda, Baxt-u davlat keldi yetmish yoshimda. Habibiy
qosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarmoq
-
U Nazokatning oldiga kirish uchun shuncha xezlanardi-yu, biroq qizishib turgan bir paytda yana qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib qoʻyishdan hayiqardi. J. Abdullaxonov, Yoʻl
Qosh qoraydi
-
Qosh qorayib, odam odamni tanimaydigan boʻlib qoldi. Oydin, Chaqaloqqa chakmoncha
-
Hirot aholisi qosh qorayishi bilan koʻcha eshiklarini ichidan zanjirlab olar edilar. M. Osim, Zulmat ichra nur
QOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar