qog‘oz
bilan ulashing
1. Asosan yozish, rasm solish, kitob, jurnal, gazeta va shu kabilar bosish hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladigan, yogʻoch, eski-tuski va shu kabilardan tayyorlanadigan yupqa material.
-
Gazeta qogʻozi. Yozuv qogʻozi. Oʻrov qogʻozi.
-
Respublikamizda qogʻoz ishlab chiqarish uzoq tarixga ega. Fan va turmush
-
Hozir qogʻoz, bosmaxona xarajatlari uchun pul yetishmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baʼzida tap-tayyor misralarni qogʻozga tushirishga shunchalik shoshasanki, oxirida oʻz dastxatingni oʻzing oʻqiyolmasdan qiynalasan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Burchakdagi kitoblar bilan toʻliq shkaf ustida oʻrogʻliq chertyoj qogʻozlari yotar edi. Oʻ. Ho-shimov, Qalbingga quloq sol
-
Najmiddin Buxoriy ham qogʻozlarni yozib, loyihani, madrasaning baʼzi boʻlak tasvirlarini koʻzdan kechirardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Maʼlum bir narsa, ish, voqea-hodisa va shu kabilarni qayd etuvchi matn bitilgan va qonuniy kuchga ega boʻlgan qogʻoz; rasmiy hujjat.
-
Salimboyvachcha qogʻozni qoʻlda mahkam siqib, gʻurur bilan davom etdi: — Bu narsa qoʻlimdami, har bir ishni qilaman, hech kim biron aybni boʻynimga qoʻya olmaydi. Bu xat jinoyatni savobga aylantiradi. Har yerda, har kim oldida meni oqlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Biroq koʻrilgan choralar haqida yuqoriga qogʻoz kerak edi. Gazetadan
-
Mana bu qogʻozga Madrasa mullabachchalari, domlalar, mudarris, boylar, yurt uluslari imzo chekkanlar. K. Yashin, Hamza
3. Qogʻozdan ishlangan pul, qogʻoz pul.
-
Karmonidan besh soʻmlik qogʻoz olib, sandalga qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Ha, aylanay, ohori sinmagan qogʻozlar hammaniyam hushini qochiradi. Qachon olib kelibdi? — Ho-zir bexabar 175 soʻm olib kelgan ekan. Hamza, Paranji sirlari
4. (oʻrin-payt kelishigi shaklida — qogʻozda) Faqat qogʻoz, rasmiy hujjatlardagina qayd etilib, amalda ijrosi yoʻq ish-faoliyatlarga nisbatan qoʻllanadi; shunday holat, ahvolni qayd etadi.
-
Koʻp boʻlimlar hozirgacha vazifalari nimadan iboratligini bilmaydi, tarqoq, koʻp hollarda qogʻozda faoliyat koʻrsatadi. Gazetadan
5. so‘zlashuv tili Varaq, bet.
-
Maqola ikki qogʻozdan oshmasin.
-
Soʻnggi vaqtlarda muxbirlar, yuborgan xabarlarining birinchi qogʻozi ustiga gonorarli, deb yoza boshladilar. A. Qahhor, Sarob
qog‘oz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suv qogʻoz
Xitoy qogʻoz
QOG‘OZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОҒОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qog‘oz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar