o‘lja
bilan ulashing
1. Dushman ustidan gʻalaba qilish tufayli qoʻlga kiritilgan narsa.
-
Gʻozilar ertalab soat oʻnlarda uyqudan uygʻondilar, soʻngra oʻlja va tutqunlarni boʻlish ishi boshlandi. S. Ayniy, Qullar
-
Elmurod kechayoq raisga vaʼda qilgan, qishloqda qoʻlga tushirilgan oʻlja qurollarni topshirdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Safarqul oʻlja miltiqlarni oʻz odamlariga koʻtartirib, koʻchaga chiqdi. S. Ayniy, Qullar
2. Ovda qoʻlga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan narsa; ov.
-
Oʻrmon qatlaridan shiddatli ovoz, Oʻljasini titar yovvoyi maxluq. S. Akbariy
-
Pastlab kelib, endi oʻz oʻljalari ustiga qoʻnmoqchi boʻlayotgan qora qushlar birdan balandlashdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Kechki payt ular qarmoqlarni sohilga bogʻlab qoʻyib, kattagina oʻlja bilan qaytdilar. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
o‘lja soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻlja qilmoq (yoki olmoq)
-
Yosh ekan, jon shirin, vahm oladi. Nomard boʻlsa, otni oʻlja qiladi. Shirin bilan Shakar
O‘LJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЛЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘lja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar