o‘lik
bilan ulashing
1. Hayoti tugagan; oʻlgan, jonsiz; zid. tirik.
-
-
Joy oldi quchogʻingdan Sonsiz oʻlik tan. Kim ne qildi kimlarga, Bilmaysan, nedan? Gʻayratiy
2. ot Jonsiz tana; jasad, murda.
-
Keyingi vaqtlarda janoza oʻqib, oʻlik koʻmish odamu ham barham yedi. S. Ayniy, Qullar
-
Koʻchalar toʻla oʻlik Kuyib boʻlgan binolardan tutun burqsaydi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Avaz vetvrachni chaqirgan edi, qoʻylarning oʻligini koʻrib: — Yondirib, koʻmib tashlanglar, — dedi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
3. koʻchma Oʻz xususiyatini (sifatini) yoʻqotgan, qotib, yaroqsiz holga kelgan.
-
Oʻlik ohak. Ulik sement. Oʻlik chigit.
-
Ohak qiyomi ketsa, Qotib boʻlar oʻlik ganj. Q. Muhammadiy.
4. koʻchma Jon asari yoʻq, murdaniki singari.
-
Oʻrtada oʻn toʻrtta minglik qogʻoz uyumini koʻrgandagina, Qulmat qoraning oʻlik koʻzlariga picha jon kirdi, oʻrnidan qoʻzgʻalib, choʻkka tushib oʻtirdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Masturaning yuzidan oʻlim pardasi koʻtarilganday, hayot toʻla koʻzlari oʻlik yuziga jon kirgizganday boʻldi. A. Qahhor, Ming bir jon
5. koʻchma Hayotdan nishona yoʻq; kimsasiz, harakatsiz.
-
Oʻshanday oʻlik qishloqda boyqushga oʻxshab kimdir istiqomat qiladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Kimsasiz, oʻlik koʻringan dasht odamlar bilan jonlanib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor
6. koʻchma Taʼsirsiz, his-hayajon uygʻotmaydigan, zeriktiradigan.
-
Kundalik hayotimizda shunaqa oʻlik nutqlarni ozmi eshitamiz/ A. Qahhor, Quyushqon
-
Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar oʻlik boʻladi. Gazetadan
7. Bisotda saqlanadigan, ishlatilmaydigan mol haqida (mablagʻga nisbatan qoʻllanadi).
-
Hech narsani oldin olib qoʻyish kerak emas, chunki pul bekor band boʻlib, oʻlik holda qoladi. A. Qahhor, Sarob
o‘lik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻlik tabiat
Oʻlik tillar
Oʻlik uyqu
Oʻlik et
Yaraning oʻligi
Oʻlsa, oʻligi ortiq
-
oʻzi koʻchib kirgan uyning ham eski qoʻrgʻonchasidan oʻlsa, oʻligi ortiq boʻlib, bola-chaqasi yayrab qolganini maqtay ketdi. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
O‘LIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘lik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar