o‘lgunday
bilan ulashing
1. Oʻladigan darajada, oʻlasi qilib.
-
Bek xirmonda bekinib yotgan dehqonni oʻlguday kaltakladi. Gʻ. Rasul, Adolat
-
Darrov bir kishi aravaga yuborildi, bittasi, oʻziga kelarmikan deb, oʻlgudek boʻlib yotgan Esonboyning yuziga suv sepib edi, qimir etmadi. A. Qodiriy, Uloqda
2. Nihoyat darajada, haddan tashqari; oʻlarcha.
-
Koʻrinishda mutavoze, lekin aksari haqiqatda oʻlguday kibrli, dimogʻdor musulmon boylarini koʻrish mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻlgunday bezbet ekansan-da, Nabigul! A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Karimjon boʻsh-bayovgina, oʻlgudek sodda, boʻshashgan edi. S. Ahmad, Ufq
O‘LGUNDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЛГУНДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘lgunday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar