pilta
bilan ulashing
1. Piltakachga oʻrab, doʻppi tepchigiga, baʼzan toʻn yoqasining qavigʻiga tiqiladigan qogʻoz.
-
Yoqaga urilgan pilta. Doʻppi piltasi.
-
— Doʻppi yomon emas, — deydi Musavoy. — Piltalarini qara, shaldiroq qogʻozdan shekilli. Oybek, Bolalik.
-
Aksar doʻppilar tepchigidan qirqilib, piltasi koʻrinib turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. Paxta, jun, ipak va zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, tekislab va toʻgʻrilab hosil qilinadigan toʻqimachilik mahsuloti (lenta); pilik olishdagi xomashyo.
3. Biror narsani maʼlum masofadan turib yondirish yoki portlatish uchun ishlatiladigan yonuvchi chizimcha, shnur.
-
Miltiqning piltasiga oʻt tegizmoq.
4.
-
Tumshuqlarning har birida bir pilta yonib turib, har ikki tomonni — ham gʻoʻza chuvuvchilar oldini, ham chigʻiriqlar oldini baravar yoritardi. S. Ayniy, Esdaliklar
5. eskirgan Charxda ip yigirish uchun piltakachda yumaloqlangan bir boʻlak paxta, pagʻa.
-
Onam shu qadar tez, shu qadar ingichka yigirar ediki, piltadan chiqayotgan ipni koʻzim ilgʻamasdi. Yo. Shukurov, Qasos
-
Elmurodunga [otinoyiga] savalgan paxtadan pilta oʻrab berib oʻtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. s.t. q. Pilik 3.
-
Doʻppi kiyib, sichqon dumidek sochlariga pilta oʻragan jamalak qizaloq uning diqqatini tortdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
7. Doʻppidoʻzlik, miskarlik va boshqalar amaliy sanʼat turlarida bezak turi: chiviq kabi ingichka boʻrtma bezak yoʻl.
pilta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piltasi chiqmoq
-
Mirza Muhiddin uning piltasi chiqqan doʻppisini yaqin toj oʻrnida koʻrar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Doim bir ish qilsa, orqasidan piltasi chiqib yuradi. Mushtum
Pilta miltiq
-
Bu tomondagi keng maydonda harbiy mashq — otda chopib novda qirqish, tirandozlik, pilta miltiq otish kabi mashqlar oʻtadi. Mirmuhsin, Qahramonnoma.
PILTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pilta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar