pinhon
bilan ulashing
1. Kishining nazaridan yashiringan, koʻzga koʻrinmaydigan; yashirin.
-
Ming tasannoga loyiq oʻsimliklarning ajoyib xislatlaridan biri — insonga yer ostida oʻzini pinhon tutgan konlardan xabar qila bilishidir. Gazetadan
2. Kishilardan maxfiy tutilgan, sir saqlangan; maxfiy.
-
Siri pinhon. Dardi pinhon. Pinhon boʻlmoq. Pinhon tutmoq.
-
Necha yildirki, Feruz Avazga pinhon mehr qoʻygan edi. Buni xudodan yashirmaydi, ammo bandasiga bildirmaydi. S. Siyoyev, Avaz
-
Dastlab tuygʻularini hammadan pinhon tutib yurdi. Yoshlik
-
axir, uning pinhon armonlarini Nurillaxongina emas, Said Olimxon ham yaxshi bilardi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
PINHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИНҲОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pinhon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar