dev
bilan ulashing
1. mif . Ertak va xalq dostonlarida shoxli, dumli, benihoyat ulkan odam qiyofasida tasavvur etiladigan, ezgulikka qarshi kurashuvchi xayoliy maxluq, yovuzlik timsoli.
-
Oʻsgan yurtin toza aniq bildingmi, Soʻyla, xonim, dev-u jinni koʻrdingmi? Murodxon
-
Chinor tagida bir supa ustida qirqta dev uxlab yotibdi. Ertaklar
-
Devni oʻldirib boʻlmaydi, deyishadi, shu rostmi? Uning qoni toʻkilsa, har tomchisidan ming dev paydo boʻlaveradi, deyishadi. Shu rostmi? Mirmuhsin,Meʼmor
2. koʻchma Davangirday, beoʻxshov, qoʻpol gavdali.
-
[Qizingizni] Erga bermay, devga berdingiz. M. Ismoiliy, Fargʻonat.o.
-
Polvon ketidan Matyoz dev ham Polvon ogʻadan qolishmay, deb oʻz kuchiga yarasha ishlangan katta gʻaltak aravani itarib borardi. J. Sharipov, Xorazm
3. koʻchma Dahshat; qoʻrqinch; salobat.
-
Teshaboyning yuragida bosh koʻtargan gumon devi Toʻraxonning oʻpkalaridan keyin yota qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
-
Makrning, munofiqlikning devi hamma fazilatlarini oʻz komiga tortibdi. Oybek,Navoiy
4. koʻchma Katta, ulkan; bahaybat.
dev soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sulaymon oʻldi — devlar qutuldi
-
Nega hammang ish qilmay, bekor oʻtiribsanlar? Sulaymon oʻlib, devlar qutulibdi-da! Hamza, Boy ila xizmatchi
DEV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dev so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar