panja
bilan ulashing
1. Qoʻlning kaft va barmoqlardan iborat qismi.
-
Rais., keng panjasi bilan piyolani qopladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Akbarali hansirar, panjalari pichoq dastasini shunday qattiq qisib ushlagan ediki, boʻgʻinlari koʻkarib, qon talashib ketgan edi. S. Ahmad, Ufq
2. so‘zlashuv tili Barmoq.
-
U buni besh panjasiday biladi.
-
Zakot bobidagi barcha taomil, qoida va tartib kaminaga besh panjaday ayon. Oybek, Navoiy
-
Eshmurodning panjalari orasida pufakchalar paydo boʻlibdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ikkita panjasi shartta uzilib tushdi-yu, jon holatda bir qoʻli bilan osilib, tomdan tushdi. S. Ahmad, Ufq
3. Baʼzi hayvon va qushlar oyogʻining uch qismi; changal.
-
Ayiqning panjasi. Burgutning panjasi. Yosh qoʻl — arslon panjasi. Maqol
-
Qirrador toshlarga panjalari bilan yopishib olgan kaltakesaklar nursiz koʻzlarini baqraytirib, tillarini chiqarib qoʻyishardi. Yoshlik
4. koʻchma Iskanja. tutqunlik; tobelik.
-
Bu bahonada u bechorani ham zolimning panjasidan qutqazib, oʻz sevganiga qoʻshib olib keturmiz. Hamza, Paranji sirlari
-
Oʻnlab qishloqni oʻz panjasida ushlab turgan Said Jalolxon eshonning pand-nasihatlari kuchlilik qilardi. S. Ahmad, Hukm
panja soʻzi qatnashgan jumlalar:
Besh panjani ogʻziga urmoq (yoki tiqmoq)
-
— Senga necha marta aytdim, — yarim tanasini derazadan chiqarib, ukasini koyidi Malik muallim, — nafsingni tiy, besh panjangni ogʻzingga tiqma. A. Koʻchimov, Halqa
Panja orasidan qaramoq
-
Nega uning qilmishlariga panja orasidan qaraysiz? Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Panja koʻrinishidagi shakllari boʻlgan bilaguzuk turi.
PANJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАНЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PANJA so‘ziga berilgan ma’nolar
panja so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
panja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar