devona
bilan ulashing
1. Aqldan ozgan, esi past; telba, savdoyi.
-
Devonadan oy boshi soʻrama. Maqol
-
Bechora oʻgʻlining qatlidan keyin devona boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hoʻkizman desa indamang, devonaga eʼtiroz bildirib boʻlmaydur. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. din . Allohning vasliga yetishish umidida zikr-u samoga berilib, bu dunyo ishlaridan voz kechgan sufiy, darveshsifat odam.
-
— Yo huv, yo man huv, pirim Nakshband devona koʻllasinlar, — deb [kalandar] laʼlini olib borib, chosh boshida choʻkkalab oʻtirgan imomning oldiga qoʻydi. S. Ayniy, Qullar
-
Yigit oʻchoq oldiga kelayotib, zikrchilarni kalaka qola-yotganday takrorladi: Mullabozor devona, haq doʻst, yoollo! P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Biror maqsad, harakatga tamoman berilib, es-hushdan ajralgan.
-
Ey dilrabo, ishqing bilan devona boʻldim sogʻinib. Bulbul kabi tun kechalar giryona boʻldim sogʻinib. Hamza
-
Layli yorimdan ayrilib Devona boʻldim, naylayin. Tohir va Zuhra
-
Oʻzin afsun etib, boʻldi afsona, Devon bitolmasdan boʻldi devona. Gazetadan
4. Xayr-sadaqa bilan kun koʻruvchi; gado, tilanchi.
-
Devona ham xurjunini bir yoʻqotadi. Maqol
-
Begona tuproq ~ devona tuproq. Maqol
-
Doʻstlar, bechora, qashshoq, kambagʻal devonaman. Nay chalib, har yerda oʻqirman gʻazal, devonaman. Muqimiy.
-
Himmat qilib, shu devona bolaning yoʻliga sadaqa qilishlaringizni soʻrayman. Guldasta
5. so‘zlashuv tili Erkalatib gapirganda yoxud hazil tariqasida jinnivoy, tentakvoy kabi maʼnolarda ishlatiladi.
-
— Devona boʻldingmi? — dedi Safar choʻtir rangi oqarib. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Pul yoʻq, devona, piyoda joʻnaysanmi? Oybek,Tanlangan asarlar
DEVONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕВОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
devona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar