devor
bilan ulashing
1. Binoning, uyning tomni koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik koʻtarilgan qismi.
-
Uy devori. Hujra devori. Yomonga surkansang, dogʻi yuqar, Devorga suyansang — tuprogʻi. Maqol
-
Devorning sichqoni bor, Sichqonning qulogʻi bor. Maqol
-
Xonaning shifti va devorlari koʻhsiz, lekin yaltiroq boʻyoqlar bilan boʻyalgan. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. Biror yerni (bogʻ, hovli, qoʻrgʻon va boshqalar), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turadigan gʻov, toʻsiq.
-
Chiy devor. Paxsa devor. Taxta devor.
-
Eʼzozxon oʻzini devordan otib, xolasinikiga qochib qutuldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bogʻchalarni bir-biridan ayirgan devorlar koʻrinmas, ishkomlar, mevazorlar, ekin dalalari tutash yashil manzara yasaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Devorlar tagida adashib bosh koʻtargan munis maysalar ertaga qor ostida qolishidan bexabar yashnab turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Biror narsaning atrofini oʻrab olgan yoki uni boʻlimlarga ajratgan qismi.
-
Oshqozon devori. Silindr devori.
-
Hatto qorin devorining chap tomoniga barmoq bilan bosilsa, ogʻriq oʻng tomonda seziladi. H. A. Hakimov, Oʻtkir appenditsit.
4. koʻchma Gap eshitmaydigan, gap taʼsir qilmaydigan; bezbet.
-
Arzga qulogʻingiz kar, tebranmas bir devorsiz. Guldasta
devor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Devor boʻlib qolmoq
-
U [qiz] yigitga tikilib turdi-da, hali shunaqami? deb yuziga bir shapaloq tushirdi. Yigit yuzini ushlagancha devor boʻlib qoldi. U. Nazarov, Birinchi uchrashuv
Devorga gapiryapmanmi?
Devorga tanbur chertganday
-
— Ming marta aytganman bu megajinga, bir nimani tayinlik qilib qoʻygin deb. Qayoqda, devorga tanbur chertganday. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor
Devori qiyomat
Devorning qulogʻi bor
-
Bas qil deyman, koʻp gapirma behuda, Devorning ham qulogʻi bor, goʻrsoʻxta! H. Olimjon
Rangi devor boʻlmoq
-
U rangi devor boʻlib, koʻllarini oʻrikka tirab, qaddini rostladi, goʻyo ikki opa-singilga qarashga uyalganday. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Toʻrt devor ichida yashamoq
-
Toʻrt devor ichida yashab ado boʻlayotgan Shahzodaxon bir kuni yuzini parang durra bilan yarim toʻsib, eshik tirqishidan tashqariga moʻraladi. K. Yashin, Hamza
DEVOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕВОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DEVOR so‘ziga berilgan ma’nolar
devor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
devor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar