taraq
bilan ulashing
taql. s. Ikki quruq narsaning bir-biriga qattiq urilishidan chiqqan tovushni bildiradi.
-
Taraq etib eshikni yopmoq.
-
Xola taraq etkazib, boʻsh chelakni yerga qoʻydi. Gazetadan
Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan narsaning yuqori darajasini bildiradi.
-
— Pichogʻimiz moy ustida deng! Kasod boʻlib qolgan bozorimiz yana taraq boʻlar ekan-da! — dedi kavushdoʻz aka Nav-roʻzga. M. Osim, Elchilar
-
Bitta-yarimtasi vahimaliroq bir gap eshitdimi, darrov mol narxini oshiradilar. Urush bahona boʻldi ularga. Bizning xoʻjayin-chi? Ishi taraq! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kayfi taraq Tantiboyvachcha Salimni yupatish uchun ichkilikni moʻl ichirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Birinchi qalin qordan keyinoq qaqshatqich izgʻirinlar boʻlib, hamma yoq taraq muzladi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
TARAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TARAQ so‘ziga berilgan ma’nolar
taraq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
taraq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar