taral
bilan ulashing
1. Taramoq 1, 2 feʼllarining majhul va oʻzlik nisbatlari.
-
Suv hamma egatga baravar taraladi.
-
Oʻrmonjon shoshib chiqib ketdi va biron soatdan keyin ozgʻin, sochi oʻng tomonga juda hafsala bilan taralgan yoshgina bir yigit bilan kirib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Yoyilmoq, tarqalmoq.
-
Qaysi bir uzun quloq orqali bu gap qamish toʻzgʻogʻiday taralib ketdi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Kumushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi, undan taralgan atir islari bilan uy toʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻn ikki oʻgʻil-qizli ota-onaning dongʻi butun mamlakat boʻylab taraldi. R. Fayziy, Shohi darparda
3. Har tomonga ketmoq, tarqalmoq.
-
Azizlar musiqiy asboblarni quchoqlab, qoʻrqa-pisa, gʻing demasdan, har yoqqa taraldilar. Oybek, Navoiy
-
Chipor tovuq ham zoʻr tashvish bilan qaqagʻlab, taralib yurgan joʻjalarini qanoti ostiga chaqirardi. A. Muhiddin, Otash qalbli qiz
TARAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taral so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar