qulf
bilan ulashing
1. Eshik, sandiq, javon va shu kabilarni kalit bilan berkitish va ochish uchun ishlangan maxsus buyum yoki moslama.
-
Naycha qulf. Osma qulf. Ich qulf. Darvoza qulfi. Eshikka qulf solmoq. Qulfni ochmoq.
-
Kutubxona eshigidagi qulfni koʻrib, hayron boʻldi. Yoshlik
-
Sanobarxon darvozani ustidan kichkina bosma qulf bilan sharq etib berkitdi-da, Adolatga ergashdi. S. Zunnunova, Gulxan
2. Turli narsalarning, buyumlarning berkitiladigan qismi.
-
Soat zanjirining qulfi.
-
Hammaga maʼlum ikki qulf, ikki belbogʻli sariq portfelini koʻtarib, maktabga joʻnadi. Mirmuhsin, Umid
3. kesim vzf. Qulflab qoʻyilgan, berk.
-
Darvoza qulf. Magazin qulf. Bordik —
-
eshik qulf edi.
-
Ishxonangga bordim, allaqayoqqa ketgan, deyishdi. Uylaringda hech kim yoʻq, qulf. S. Zunnunova, Olov
qulf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻziga qulf solmoq (yoki urmoq)
-
Uning javobi barchaning ogʻziga qulf soldi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Aldamchi, riyokor, gʻalamis soʻzin Fosh etib, ogʻziga qulf urgan sensan. Shuhrat
Qulf solmoq (yoki urmoq, osmoq)
-
Darvozaga qulf solib qoʻyibdi.
-
Ota eshikka qulf urib, bolani opichlaganicha, idora tarafga keta boshladi. S. Ahmad, Ufq
Qulfi dil
-
Uning [qizining] qulfi dilini bilmaslik — bu chindan ham kulgili bir narsa edi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat
Qulfi dili ochildi
-
Qizning ham qulfi dili ochilib ketdi. Boshidan oʻtganlarining hammasini soʻzlab bergisi kelib qoldi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Keng paxtazorni qoplagan yashil koʻrpaning sermavj toʻlqini dalalarga chunonam fayz kiritdiki, koʻrgan kishining koʻzi quvonib, qulfi dili ochiladi. H. Nazir, Indamas
QULF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qulf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar