tor
bilan ulashing
1. Eni, kengligi uncha katta boʻlmagan; ensiz, kambar.
-
Tor lenta. Top koʻcha. Top yoʻlak.
-
U baland boʻyli, peshonasi tor, oʻtkir yuzli, beti ham soqoliday qop-qora kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Hajmi, sigʻimi uncha katta boʻlmagan; siqiq.
-
Tor uy. Tor kiyim.
-
Qoratoy turdi, tor va dim hovlida boʻgʻilgan kabi, eski, yirtiq koʻylagi bilan yelpindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ushbu keng dunyo koʻzimga boʻldi tor! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Avaz yarim soatcha dam tortib oʻtirdi-yu, bu tor, nim-qorongʻi ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Domla, boshida chamandagul doʻppi, egnida kalta va tor katak koʻylak. A. Qahhor, Toʻyda aza
3. koʻchma Chegarasi, koʻlami uncha katta boʻlmagan, chekli.
-
Tor soha. Tor doirada qoʻllanadigan soʻzlar.
4. koʻchma Juda qattiq, baxil odam haqi-da.
-
Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. Maqol
5. Doʻppi tor kelmoq Noqulay, nochor, tang ahvolda qolmoq, ahvoli mushkullashmoq.
-
Baʼzi qallob odamlar uchun nima koʻp — vaj-korson koʻp. Doʻppi tor kelganda, ogʻizlariga kelganni qaytarishmaydi. Gazetadan
-
Doʻppi tor keldimi, darrov Joʻraboyevning panohiga tiqilishadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yolgʻon chiqib gapi, doʻppi tor kelsa, Hech kim yoʻgʻin poylab soʻraydi uzr! S. Abduqahhor
-
koʻzi tor savdogarlarni satira ostiga oladi. Mushtum
-
Oʻzlariyam oʻlguncha koʻzi tor, ziqna odam, pul boʻlsa-boʻlgani Gʻ. Gʻulom, Shum bola
tor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Feʼli (yoki yuragi) tor
-
Ularda pul boʻladi, bilaman. Lekin ayollarining feʼli tor. Kafanlikka doka berishsa ham katta gap. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mudiring nokasroq, feʼli torroq odamga oʻxshaydi. Ehtiyot boʻl unaqalardan, jiyan. S. Nurov, Narvon
-
Avaz oʻz feʼlini biladi: u injiq, yuragi tor, qoʻrs. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qoʻyaver, uka, er-xotinchilikda oʻtadi. Baʼzi xotinlar yuragi torroq, gʻayirroq boʻladi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
1. Cholgʻu asboblarining tebranib tovush chiqaradigan ipi.
-
Ipak tor. Sim tor.
-
Cholgʻumning tori tarang, Meni koʻrgan yov garang. Qanday baxtli men, qarang. H. Poʻlat
-
Meli polvon dutorini qoʻliga oldi. Biroq quloqlari haddan ortiq buralgan dutor bardosh bermadi — uzilib ketgan tordan ingraganday nido eshitildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Uyga qaytgach, ot qilidan tor tortib, oʻyinchoq dutorcha yasadim. Guldasta
2.
-
Uyning bir devorida sharqcha qilib tor tortilgan, tor ustida Qut-biyaning kiyimlari qatorida Hasanning ham beqasam toʻni yoyilgan edi. S. Ayniy, Qullar
3. koʻchma Torga nisbatlanuvchi narsani bildiradi.
-
Yurak torlari. Qalb tori.
-
Kunlar yaqin, chertajakmiz sevgi torini Gʻayratiy
-
Raufning taʼnalardan boʻshashgan torlari tortilib, zarur ritmga moslashdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Gʻulomjonning asab torlari tortildi, alamiga alam qoʻshildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
tor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tori (yoki asabi) tarang
-
Yoʻqchilik oʻlsin, ikkovining ham tori tarang, sal narsaga qizarishib qoladi. Mushtum
1. Rubobga oʻxshash sim torli xalq musiqa asbobi.
-
Ozarbayjon tori. Kavkaz tori. Torni sozlamoq.
-
Torini asta-sekin cherta boshladi. Keyin zavq bilan, harorat bilan chalishga tushdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Umuman, torli cholgʻu asbobi.
-
Oʻrtoqlarim, qoʻlga olsam torimni, Beixtiyor yodlaydirman yorimni! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar